Maxamadalieva Gulchexra Zuxridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mielom kasalligining yuqori texnologiyali diagnostikasi va davolash usullari», 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib411.
Ilmiy rahbar: Karimov Xomid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Babadjonova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori texnologiyali usullarni qo‘llash orqali mielom kasalligini tashxislash va davolashni takomillashtirish, kasallik kechishini taxmin qilish mezonlarini va davolash kursi samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotoba O‘zbekistonda bemorlarda muhim tashxislash va prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan mielom kasalligining immunokimyoviy turlari asoslangan;
ilk bor mielom kasalligining xavfli kechishini baholab beruvchi muhim klinik-diagnostik omillar isbotlangan;
mielom kasalligida faqat polikimyoterapiya va polikimyoterapiya + autologik gemopoetik o‘zak hujayralar transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlar bilan qiyosiy solishtirilganda davolash samaradorligini 3.6 marta (r<0,01) oshishiga olib kelishi isbotlangan;
O‘zbekistonda ilk marotoba mielom kasalligida autologik gemopoetik o‘zak hujayralar transplantatsiyasi yordamida keng qamrovli davolashni amaliyotga tatbiq etish, ularda umumiy sog‘ qolish va kasallik residivisiz sog‘ qolish ko‘rsatkichini oshirish imkonini berganligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mielom kasalligining yuqori texnologiyali diagnostikasi va davolash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Mielom kasalligining diagnostikasi va davolash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 8n-r/362-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bemorlarda mielom kasalligini davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda mielom kasalligini zamonaviy prognostik va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar respublikaning amaliy sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari ko‘p tarmoqli shifoxona gematologiya bo‘limi amaliy faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 8n-z/189-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi mielom kasallikli bemorlar davlat byudjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan iqtisodiy foydasi 28% ni tashkil etishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish