Sotvoldiev Alisher Abdumuxtarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar ko‘lamini  oshirish yo‘llari (Andijon viloyati misolida)”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt384.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar ko‘lamini oshirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
canoatda, ishlab-chiqarish sohalarida klasterlar tashkil etish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish imkoniyatlari asoslangan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalashni “round-tripping” usulini qo‘llash orqali tekstil` sohasida gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsuloti eksport hajmini oshirish taklif etilgan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishda investisiyalashni VOT (build-operate-transfer) usulidan foydalanish asosida  loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan davlat byudjeti xarajatlarini kamaytirish taklif etilgan;
korxonalarning fond birjasida korporativ boshqaruvini takomillashtirish asosida aksiyalar orqali xorijiy investisiyalarni jalb etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar ko‘lamini  oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni meva-sabzavotchilik sohasiga jalb etish orqali klasterlar tashkil etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019 yil 31 maydagi 05-26-4687-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi 2 mln. AQSh dollari bo‘lgan, 230 nafar ish o‘rinlarining tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan klasterlar tashkil etilishiga xizmat qilgan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishning “round-tripping” usulidan foydalanish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019 yil 31 maydagi 05-26-4687-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga kiritilishi orqali eksport hajmi 5,8 mln. AQSh dollariga oshishi ta’minlangan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishda  VOT (build-operate-transfer) usulidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan investision faoliyatni muvofiqlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019 yil 31 maydagi 05-26-4687-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat ishlab chiqarishga 46,4 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalari jalb etilib, ular tomonidan 252 960 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishilgan;
hududda faoliyat yuritayotgan korxonalarning fond birjasida korporativ boshqaruvini takomillashtirish asosida aksiyalari orqali xorijiy investisiyalarni jalb etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2011 yil 15 noyabrdagi XB-2-2/20-3581-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy investisiyalarni jalb qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish