Orinbetov Nurilla Turdimuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalarining elektrotexnika, radiotexnika va elektronika bo‘yicha kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (mehnat ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped726.
Ilmiy rahbar: Nasriddinov Komiljon Raxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskendarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tagaev Marat Baymuratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim bakalavr bosqichi mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalarining elektrotexnika, radiotexnika va elektronika bo‘yicha kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali elektrotexnika, radiotexnika va elektronika kursini o‘qitish mazmuni kompetensiyaviy yondashuv hamda QR-kod (giperhavolali tezkor javob) yordamida elektron resurslardagi o‘quv materiallarini tizimlashtirishning virtual-didaktik talablari (vizuallik, qulaylik, interfaollik) intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
elektrotexnika, radiotexnika va elektronika kursidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-minbar” platformasi uchun moslashtirilgan web-kvest topshiriqlari (vebinar ma’ruza, virtual laboratoriya) majmui ishlab chiqilgan;
kasbiy yo‘naltirilgan mehnat ta’limi jarayoniga raqamli, vebinar, onlayn, aralash (blended learning) ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali elektrotexnika, radiotexnika va elektronika kursi bo‘yicha amaliy va laboratoriya ishlarini tashkil etishga xizmat qiluvchi dasturiy ta’minot STEAM (texnologiya va san’at) ta’limi talablarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini jadallashtirishga yo‘naltirilgan “Elektrotexnika ishlari” elektiv (maxsus) kursini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar (to‘garak, ustoz-shogird, mahorat darslari) tuzilmasiga tizimli tatbiq etish asosida xususiy-metodik tizimning amaliy komponenti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalarining elektrotexnika, radiotexnika va elektronika bo‘yicha kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalarning umumkasbiy fanlar bo‘yicha kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish, elektron resurslardagi o‘quv materiallarini tizimlashtirishning virtual-didaktik talablariga doir takliflardan 5112100 – Mehnat ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 89-03-1337-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat ta’limi yo‘nalishida elektrotexnika, radiotexnika va elektronika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
elektrotexnika, radiotexnika va elektronika kursidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-minbar” platformasi uchun moslashtirilgan elektrotexnika, radiotexnika va elektronika kursini yaratishga doir taklif va tavsiyalardan mehnat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv rejasining tanlov fanlari blokiga “Elektrotexnika ishlari” nomli yangi o‘quv fanini kiritishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3676-son ma’lumotnomasi). Natijada LabVIEW dasturiga asoslangan virtual laboratoriya mashg‘ulotlari majmui ishlab chiqilgan, elektrotexnika, radiotexnika va elektronika kursi bo‘yicha amaliy va laboratoriya ishlarini tashkil etishga xizmat qiluvchi dasturiy ta’minot takomillashtirilgan hamda bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir kommunikativ kompetentligini oshirishga, ularning raqamli texnologiyalardan foydalanish malakasini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini jadallashtirishga yo‘naltirilgan “Elektrotexnika ishlari” elektiv (maxsus) kursini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar tuzilmasiga tizimli tatbiq etishga va kasbiy yo‘naltirilgan mehnat ta’limi jarayoniga raqamli, vebinar, onlayn, aralash (blended learning) ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan P3-2014-0912150537 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash” (2015–2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3676-son ma’lumotnomasi). Natijada “Elektrotexnika ishlari” elektiv (maxsus) kursini o‘qitishning modernizatsiyalashgan metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.