Cho‘lieva Vasila Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jaloliddin Rumiyning falsafiy qarashlarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar”, 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa tarixi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal130.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Soyimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Duschanova Umida Eshchanovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jaloliddin Rumiyning asarlaridagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga oid ta’limotining hozirgi zamon ilmiy-nazariy va ma’naviy-ma’rifiy qarashlaridagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
allomaning “Masnaviy ma’naviy”asarida ilgari surilgan evdemonizm, meliorizm, ijtimoiy faollik singari gumanistik g‘oyalari yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kuchaytirishga qaratilganligi mantiqiy asoslab berilgan;
shaxsva jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimini tartibga solishda Jaloliddin Rumiyning diniy bag‘rikenglik, ruhiy birdamlik, umuminsoniy madaniyatlararo aloqadorlik kabi qarashlari umumlashtiruvchi, barqarorlashtiruvchi xususiyatga egaligi qiyosiy tahlil asosida aniqlangan;
Jaloliddin Rumiyning ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari zamonaviy ta’lim-tarbiyani shakllantirishda konstruktiv (samaraviy va o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi) omil ekanligi falsafaning atributiv kategoriyalari vositasida dalillangan;
mutafakkir ilgari surgan jism, ruh, aql barkamolligi singari sekulyaristik g‘oyalari “komil inson”ni va “adolatli jamiyat”ni shakllantirishga qaratilganligi ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jaloliddin Rumiyning falsafiy qarashlaridagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
allomaning “Masnaviyi ma’naviy” asarida ilgari surilgan insoniylik, mehr-shafqat, ijtimoiy birlik singari gumanistik g‘oyalari yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kuchaytirishga qaratilganligiga oid ilmiy-nazariy g‘oyalari, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida yoshlarning ajdodlar merosini o‘rganish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga oid tadbirlarida, xususan, 2019 yil may-iyun` oylarida Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Buyuk mutafakkir yoshlar nigohida” dastur loyihasining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 3 oktyabrdagi 04-13/4518-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlarni ajdodlarimiz ilmiy, ma’naviy merosini chuqur anglashiga va jamiyatda tinchlik, hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilishda, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilgan;
shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimini tartibga solishda Jaloliddin Rumiyning diniy bag‘rikenglik, ruhiy birdamlik, umuminsoniy madaniyatlararo aloqadorlik tamoyillarining kabi birlashtiruvchi, barqarorlashtiruvchi funksional roli aniqlanganligiga oid nazariy g‘oya va amaliy ahamiyatga ega taklif-tavsiyalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi 2015–2017 yillarda bajarilgan “Falsafa tarixini o‘rganish asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmini tadqiq etish” mavzusidagi A-1-133+(A-1-132) raqamli grant loyihasining uchinchi bosqichidagi rejalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 10 oktyabrdagi 02/09-1387-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi barkamol avlodni ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni hurmat qilish, Islom dinining asosiy mohiyatini anglash hamda ularni turli ekstremistik oqimlar g‘oyalaridan himoya qilishda hamda vatanparvarlik, ezgulik, birdamlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
Jaloliddin Rumiyning ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari zamonaviy ta’lim-tarbiyani shakllantirishda konstruktiv asos ekanligi falsafaning atributiv kategoriyalari vositasida dalillanganligiga oid ilmiy-nazariy fikr-mulohozalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmadchilik tarixi muzeyining elektron katalogini tayyorlashda, shuningdek, tarixiy qo‘lyozmalar fondini va muzeyning buyuk allomalar faoliyatiga oid eksponatini yanada kengaytirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 01-12-14-5070-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyining tarixiy qo‘lyozmalar fondini mutafakkirning ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tarbiyaviy qarashlari bilan boyitishga va muzey faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mutafakkirning jism, ruh, aql barkamolligi singari g‘oyaviy ta’limotidagi inson tafakkuriga qaratilgan o‘zaro aloqadorlik konsepsiyasi jamiyat taraqqiyotining substansional asosi ekanligiga oid fikr-mulohazalari va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-marifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Bedorlik”, “Millat va ma’naviyat” nomli eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 3 oktyabrdagi O’z/R-04-25-2057-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jaloliddin Rumiyning falsafiy qarashlaridagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tahliliga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalar keng jamoatchilikka transformatsiyalashga erishilgan.