Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aspektual va temporallik mazmuni ifodasining kognitiv-pragmatik asoslari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Fil76.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Shaxriyor, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Maxfuza Inamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aspektuallik va temporallik hodisalarining matnda faollashuvini ta’minlovchi omillarni aniqlash hamda matn mazmunini shakllantirishda pragmatik-kognitiv asoslarining o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matnni mazmunan bog‘lovchi birliklar asosida aspektuallikni tashkil etuvchi boshlanganlik, davomiylik, iterativlik, durativlik, protsessuallik, tugallanganlik kabi freym turlari aniqlanib, aspektuallik va temporallik ma’nolarining diskursiv faoliyatda o‘ziga xos nutqiy ijod jarayoni sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
aspektuallik va temporallik maydonining aksional, frekventativ, iterativlik kabi leksik va zamon, makon, tus grammatik kategoriyalari ajratilib, ulardagi til tizimining lug‘aviy qatlami birliklari hamda morfosemantik vositalari ko‘magida, nutqiy faoliyat jarayonida voqelanish xususiyatiga egaligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida temporal birliklarning anaforik, kataforik, egzoforik kabi deyktik xususiyatlari taqqoslangan va ularning matnning yaxlitligi, bir butunligini ta’minlovchi vazifalari aniqlangan, o‘zaro farqlanish usullari ishlab chiqilgan;
aspektuallikning kognitiv, tarkibiy, diskursiv va konseptual sathlardagi tavsif modeli shakllantirilib, ushbu modellarning qiyoslanayotgan til tizimlari doirasida ifodalanishida namoyon bo‘ladigan izomorf va allamorf belgilarining lingvomadaniy maqomi asoslangan;
kognitiv tilshunoslikning zamonaviy sohasi bo‘lgan prtotip nazariyasining amaliy tatbig‘i asosida grammatik va semantik munozaraga ega aspektuallikni tashkil qiluvchi unsurlarning vazifaviy mohiyatini dalillovchi lisoniy omillarning tasnif mezonlari ishlab chiqilgan;
aspektual va temporal hodisalar narrativ matnning mazmunan uzviyligi hamda bog‘liqligini ta’minlovchi vosita ekanligi asoslangan va ularning pragmatik faollashuv ko‘lami ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aspektuallik va temporallik mazmuni ifodasining kognitiv-pragmatik asoslari yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar asosida:
til birliklarining nutqiy faollashuvi va matn mazmunini shakllantirishdagi ishtirokini aniqlashga doir taklif etilgan usullardan I–204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 sentyabrdagi 89-03-3320-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv dasturlar ishlab chiqishda yangi tahliliy metodlar amalga oshirilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida aspektual va temporal hodisalarning ifodalanishida derivatsion munosabatlar tahliliga doir xulosalardan OT–F8–062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 sentyabrdagi 89-03-3320-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tatbig‘i derivatsion munosabatlarning nutqiy namoyon bo‘lishiga oid xulosalarni yangi qarashlar bilan boyitgan;
narrativlikda tasviriy ifoda, dialoglarda aks etayotgan voqea-hodisalarning o‘zaro aloqadorligi, aspektual ma’nolarning diskurs doirasidagi tahlillaridan A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 sentyabrdagi 89-03-3320-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari uchun yaratilgan o‘quv-uslubiy majmualarga diskurs tahlili usullari kiritilgan;
matn shakllanishida lingvokognitiv xususiyatlar tahlili, inson ijtimoiy qiyofasini tasvirlashning o‘ziga xos diskurs sifatida namoyon bo‘lishi, deyktik semantikani inson ijtimoiy qiyofasini tasvirlashdagi o‘rni, matnning kognitiv, tarkibiy, diskursiv, konseptual tavsifi inson ijtimoiy qiyofasini yorituvchi vosita ekanligi haqidagi tahlillardan OT–F8-002 raqamli “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 sentyabrdagi 89-03-3320-son ma’lumotnomasi). Natijada inson ijtimoiy qiyofasi kognitiv, konseptual jarayonlar mahsuli sifatida olingan;
katta va kichik avlod munosabatlarida pragmatik yondashuv tahlili, katta avlod vakillarini tarbiyalash va ularning psixo-emotsional jihatlaridan o‘rganishda til pragmatik vazifalarining o‘rni, nutqning kognitiv, konseptual tavsifi har bir avlod qiyofasini yorituvchi vosita bo‘lishi haqidagi ma’lumotlardan YoA-1-117 raqamli “Katta avlod vakillarining komil insonni tarbiyalashdagi o‘rni va rolini optimallashtirish imkoniyatlarini ilmiy-amaliy tatbiq etish” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 noyabrdagi 89-03-4130-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning pragmatik-kognitiv omillari katta va kichik avlod vakillari o‘rtasidagi muloqot samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
umuminsoniy qadriyatlar barcha xalqlarga xos bo‘lgan kognitivlik mahsuli sifatida voqelanishi, har qanday milliy qadriyat lingvokognitiv xususiyatlarda aks etuvchi birlik sifatida namoyon bo‘lishi, ijtimoiy-pedagogik jarayon bevosita lingvopragmatik xususiyatlarda ifodalanishi bilan bog‘liq hodisalar tahlili bo‘yicha ma’lumotlardan A-1-17 raqamli “Inson kapitalini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarining o‘rni va rolining ijtimoiy-pedagogik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etish” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 noyabrdagi 89-03-4130–son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy qadriyatlar lingvokognitiv xususiyatlar bilan uzviy bog‘liqlikda amal qilishi borasidagi qarashlar bilan boyitilgan;
dissertatsiyaning sub’ekt va uning faoliyati, sub’ekt va uning harakati, sub’ekt holatining o‘zgarishi, sub’ekt harakatining miqdori, sub’ekt harakatining sifatiy xususiyatlari bilan bog‘liq natijalaridan Samarqand davlat teleradio-kompaniyasining “Samarqand oqshomlari”, “Ta’lim islohotlari amalda” kabi o‘quv- ma’rifiy hamda ilmiy-ommabop teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 22 dekabrdagi 09-01-540-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar ommabopligi ta’minlangan;
dissertatsiyadan o‘rin olgan diskurs tahliliy materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistondagi Britaniya kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturida foydalanilgan (Britaniya kengashining 2019 yil 6 sentyabrdagi OS-1632-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili ko‘nikmalarini baholash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
muloqatda pragmatik munosabat, shaxsning sifatiy xususiyatlarini shakllantirish natijalaridan Micromine kompaniyasida tashkil etilgan ofis ishchilari muloqot etiketi dasturida foydalanilgan (Micromine Pty Ltd kompaniyasi vakolatxonasining 2019 yil 28 avgustdagi 213-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniya xodimlari muloqotida pragmatik munosobat xususiyatlari boyitilgan.