Bektursinova Lalaxan Xojanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagogik fasilitatsiya vositasida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped266.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;
Yetakchi tashkilot:   Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogik fasilitatsiya vositasida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining o‘quv-bilish faoliyatini takomil¬lash¬tirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (o‘quv motivlari, bilishga qiziqish va ehtiyoj, refleksiya) intellektual faollikning maqsad qo‘yish, qaror qabul qilish, korreksiya bosqichlarining qayta ta’sir etish darajasi mutanosibligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lg‘usi pedagoglarda akmeologik pozisiyani qaror toptirishning tarkibiy asoslari (gnostik, loyihaviy, prognostik) talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy moslashuv bilan bevosita alo¬qadorligini empirik baholash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik fasilitatsiyaning attraktivlik (o‘z-o‘ziga ijo¬biy munosabat), tolerantlik, assertivlik (o‘z imkoniyatlariga ishonch) komponentlarining interfaol hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonlari tuzilmasi bilan dinamik barqarorligi asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning pedagogik fasilitatsiyaga asoslangan texnologiyasi modul-kredit tizimi talablarini (sub’ek¬tivlik, mustaqillik, amaliy yo‘naltirilganlik) pedagogik fanlarni o‘qi¬tish jarayonlariga adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogik fasilitatsiya vositasida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, intellektual faollikning maqsad qo‘yish, o‘z-o‘zini baholash, qaror qabul qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, korreksiya komponentlarini aniqlashtirishga doir takliflardan 5110900 – pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019  yil 14 oktyabrdagi  89-03-3983-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka talablarini takomillashtirish hamda kasbiy kompetensiyalar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lg‘usi pedagoglarda akmeologik pozisiyani qaror toptirishning tarki¬biy asoslari, talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy moslashuv bilan bevosita aloqadorligini ta’minlashga doir amaliy tavsiyalardan OT-F1-36 raqamli «Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish» (2015–2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019  yil 14 oktyabrdagi  89-03-3983-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
 talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini takomillashtirishning didak¬tik imkoniyatlari, interfaol hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonlari tuzilmasini aniqlashtirishga doir tavsiyalardan «Oliy ta’lim muassasa¬larida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida»gi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019  yil 14 oktyabrdagi  89-03-3983-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur baholash tizimi talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini tashxis etishda shaffoflik va ob’ektivlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning pedagogik fasili¬tatsiyaga asoslangan texnologiyasini modul-kredit tizimi talablarini hisob¬ga olish asosida pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonlariga adaptiv qo‘llashga doir takliflardan oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivoj¬lantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019  yil 14 oktyabrdagi  89-03-3983-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalarida modul-kredit tizimini joriy etishga doir tajri¬baviy ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish