Turgunova Aziza Tashpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni barqarorlashtirishning gerontopedagogik asoslari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped413.
Ilmiy rahbar: Qahharova Matlyuba Manofovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Tajieva Zulxumor Nazarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalar ma’naviy-axloqiy muhitini barqarorlashtirishda gerontopedagogikaning milliy tarbiyaviy xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa avlod tajribasidan foydalanishning xususiy va tashkiliy-metodik, motivatsion-qadriyatli, hissiy-irodaviy komponentlari barqarorlik, tizimlilik, ishonchlilik, tolerantlik, o‘zaro hurmatni ta’minlash (suhbat, ma’ruza, videofil`m, kouch-trening) asosida aniqlangan;
oilalar muhitini barqarorlashtirishda avlodlararo hamkorlik, ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformatsiyasi, gerontopedagogik imkoniyatlar (ma’rifat va ibrat, tajriba va munosabat, ma’naviy-axloqiy muhit) o‘zaro hamkorlik strategiyasi va milliy tajribalarni zamonaviy talablarga identiv moslashtirish (an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar integratsiyalashuvi) asosida takomillashtirilgan;
gerontopedagogika ta’limi vositasida ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni barqarorlashtirish omillari buvijonlar (nuroniy, kayvoni, yoshulli) maktabi tajribasi ibrat-namuna, fikrga ishontirish texnologiyasi vitagen ta’lim (hayotiy tajriba, intellektual salohiyatni dolzarblashtirish) tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
gerontopedagogik faoliyatni idealli-obrazli modellashtirish, tizimlilik, milliy tarbiyaviy jihatlarini (innovatsion, milliy va zamonaviy ijodiy metodlar) rivojlantirish bo‘yicha pedagoglar, jamoat tashkilotlari va ota-onalar uchun ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalar ma’naviy-axloqiy muhitini barqarorlashtirishga (aksiologik, hayotiy, akmeologik, status) doir taklif hamda tavsiyalar (“Keksalar maslahati” guruhlari uchun) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni barqarorlashtirishning gerontopedagogik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy  natijalari asosida:
barqarorlik, tizimlilik, ishonchlilik, tolerantlik, o‘zaro hurmatni ta’minlash asosida aniqlangan keksa avlod tajribasidan foydalanishning xususiy va tashkiliy-metodik, motivatsion-qadriyatli, hissiy-irodaviy komponentlaridan 2017–2018 yillarda amalga oshirilgan I-2016-1-33 raqamli “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” nomli amaliy loyihasi mazmuniga singdirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 3 martdagi 02/09-304-19-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalar ma’naviy-axloqiy muhitini barqarorlashtirishda gerontopedagogikaning milliy tarbiya usullaridan samarali foydalanish imkoniyatlari oshirilgan;
oilalar muhitini barqarorlashtirishda avlodlararo hamkorlik, ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformatsiyasi, gerontopedagogik imkoniyatlar o‘zaro hamkorlik strategiyasi va milliy tajribalarning ijobiy jihatlari bo‘yicha takliflaridan 2012–2014 yillarda bajarilgan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning takomillashtirilgan mazmunini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi loyiha materiallarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4243-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilalar muhitini barqarorlashtirishda avlodlararo hamkorlik, ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformatsiyasi, gerontopedagogik imkoniyatlar ommalashtirilgan;
ibrat-namuna, fikrga ishontirish texnologiyasi asosida takomillashtirilgan gerontopedagogika ta’limi vositasida ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni barqarorlashtirish omillari buvijonlar maktabi tajribasidan 2012–2014 yillarda bajarilgan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning takomillashtirilgan mazmunini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi loyiha materiallarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4243-son ma’lumotnomasi). Natijada keksa avlod namuna va ibrati orqali talaba-yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga erishilgan;
gerontopedagogik faoliyatni idealli-obrazli modellashtirish, tizimlilik, milliy tarbiyaviy jihatlarini rivojlantirish bo‘yicha pedagoglar, jamoat tashkilotlari va ota-onalar uchun ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalar ma’naviy-axloqiy muhitini barqarorlashtirishga doir taklif hamda tavsiyalardan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining “Keksalar maslahati” guruhlari namunaviy nizomi mazmuniga singdirilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining 2019 yil 17 oktyabrdagi 02-04/699-son ma’lumotnomasi). Natijada keksa avlod vakillarining hayotiy tajribasini amaliyotga qo‘llashda jamiyat hayotidagi o‘rni va mavqeini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish