Yunusova Minavvarxon Sabirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy huquqiy axborot qidiruv tizimlarini ta’lim jarayoniga tatbiqi”, 13.00.06–Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped396.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Jabbor O‘raqovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim jarayoniga huquqiy axborot qidiruv tizimlarini tatbiq qilish orqali bo‘lajak huquqshunoslarning axborot va kasbiy kompetentligini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak huquqshunoslarning axborot va kasbiy kompetentligini shakllantiruvchi vositalarning (qidiruv tizimlari, huquqiy axborot qidiruv tizimlari) didaktik sintez imkoniyatlari, ya’ni ta’lim jarayonida interaktiv muloqot, vaqtni nazorat qilish, axborotni har xil shakllarda taqdim etishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
huquqshunoslarning refleksiv (kommunikativ, shaxsiy, intellektual) va motivatsion (instrumental, professional, vatanparvarlik) xususiyatlarini rivojlantirish mexanizmlari Web-Quest, Answer Garden mobil ilovalar hamda Google Drive bulutli texnologiyalarini qo‘llagan holda variatsion, xususiylikdan umumiylikka moslashtirilgan topshiriqlar orqali takomillashtirilgan;
tizimli, faoliyatli va kompetentli yondashuvlar asosida pedagogik jarayon elementlarini qamrab olgan kasbga yo‘naltirib o‘qitish modeli kasbiy-dasturiy vositalarini o‘zida mujassam etgan elektron o‘quv-uslubiy majmua ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak huquqshunoslarning axborot va kasbiy kompetentligini shakllantirishda kasbga yo‘naltirib o‘qitish ta’lim samaradorligini kvalimetrik baholash mezonlari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli va kreativ) Blum va Gilford taksonomiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy huquqiy axborot qidiruv tizimlarini ta’lim jarayoniga tatbiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak huquqshunoslarning axborot, kasbiy kompetentligini shakllantiruvchi va pedagogik jarayonning elementlarini qamrab olgan elektron ta’lim muhitida kasbga yo‘naltirib o‘qitish modeli “Yuridik amaliyotda AKTni qo‘llash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi 89-03-3328-son ma’lumotnomasi). Natijada “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” moduli mazmuni takomillashtirilgan va talabalarni kasbiy, axborot kompetentligi rivojlantirilgan;
“Huquqiy sohada tizimli tahlil” kursini o‘qitishda Web-Quest, AnswerGarden mobil ilovalari hamda Google Apps Education Edition bulutli texnologiyalarini qo‘llash usullari “Huquqiy sohada tizimli tahlil” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2804-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak huquqshunoslarning refleksiv va motivatsion xususiyatlari rivojlantirilgan;
bo‘lajak huquqshunoslarning refleksiv va motivatsion xususiyatlarini rivojlantirishga oid ilmiy asoslangan takliflardan PZ-2017 0927453 raqamli “Sud qarorlarini majburiy ijro etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi 89-03-3328-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak huquqshunoslarning to‘g‘ri qarorlar qabul qilishida axborot va kasbiy kompetentligi rolining ahamiyati aniqlashtirilgan;
bo‘lajak huquqshunoslarning axborot va kasbiy kompetentligini shakllantirishda kasbga yo‘naltirib o‘qitish ta’lim samaradorligini kvalimetrik baholash mezonlari taksonomiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Yuridik amaliyotda AKT” darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustagi 89-03-2804-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy faoliyatida qo‘llaniladigan masalalarni optimal hal qilish uchun zaruriy shart-sharoit yaratilishga xizmat qilgan.