Abdullaeva Iroda G‘anidjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy taraqqiyotning yangi bosqichida iqtisodiy va innovatsion tafakkur uyg‘unligi”, 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal265.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Axmedov Akmal Axmedovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonida innovatsion tafakkurning mazmun-mohiyati, immanent xususiyatlari hamda ijtimoiy ahamiyatini falsafiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy va innovatsion tafakkurni vujudga keltiruvchi attraktor (jalb qiluvchi) sabablar va uning dinamiklik, tuzilmaviylik, “sabab-oqibat” kabi rivojlanish xususiyatlari falsafaning atributiv kategoriyalari vositasida asoslab berilgan;
iqtisodiy va innovatsion tafakkur yuksalishida milliy mentalitet, tarixiy madaniy tajriba va ilg‘or davlatlar ilmiy-texnik muvaffaqiyatlarini hisobga olishning birlashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, qiyoslash singari potensial imkoniyatlari aniqlangan;
iqtisodiy va innovatsion tafakkur o‘rtasidagi dialektik uyg‘unlik insonning tadbirkorlik faolitiyaning miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarini takomillashtirishdagi muhim omil ekanligi kreativlik tamoyili asosida isbotlangan;
iqtisodiy va innovatsion tafakkurni shakllantirishning etnosotsial jihatlariga qaratilgan yangi g‘oyalarni beruvchi, ilmiy-amaliy ishlanmalarni yaratuvchi, ularni amaliyotga tatbiq qiluvchi iqtidorli shaxsni shakllantirish zarurligi ijtimoiy faollikning kognitiv, emotsional, xulq-atvorga doir substansional elementlari vositasida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatimiz milliy taraqqiyotning yangi bosqichida iqtisodiy va innovatsion tafakkur uyg‘unligini o‘rganishga oid tadqiqot bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
iqtisodiy va innovatsion tafakkurning funksional xususiyatlari insonning iqtisodiy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishida, ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotga o‘z ulushini qo‘shganligi shuningdek, innovatsion rivojlanishda insonning roli va ularning ilmiy-texnik ijod, innovatsiya bozori, innovatsion izlanishlar va ishlanmalar ekanligi bilan bog‘liqligi haqidagi taklif va tavsiyalardan “Inson falsafasi” darsligining 3-qismi “Sivilizatsiyalar o‘zgarishi davrida inson” deb nomlangan mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 sentyabrdagi 89-04-1836-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tadqiqot natijalari yoshlarning iqtisodiy va innovatsion tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
milliy taraqqiyotning yangi bosqichida iqtisodiy tafakkur rivojlanishining texnologik jarayonlar bilan uyg‘unligi, shuningdek, innovatsion tafakkurning yuksalish mezonlari va istiqbollari ilmiy jihatdan asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va hududiy bo‘linmalarining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasini shakllantirishda, xususan, III. “Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, innovatsilarni joriy etishda, ijtimoiy tadbirkorlik va bilimlar iqtisodiyotini shakllantirishda davlat organlariga ko‘maklashish” nomli bo‘limini shakllantirishda va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2019 yil 9 sentyabrdagi 04-06/257-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamiz aholisi o‘rtasida, shuningdek ijtimoiy sheriklik sub’ektlarining o‘zaro munosabatlarida innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llash, jamoat nazoratining innovatsion mexanizmlarini joriy qilish, rivojlanishning dolzarb masalalariga NNTlarning innovatsion g‘oyalarni keng jalb qilish kabi masalalarni hal qilishda samarali xizmat qilgan;
insonning iqtisodiy va innovatsion tafakkuri ular o‘rtasidagi dialektik uyg‘unlik, iqtisodiy demokratiya, insonning tadbirkorlik qobiliyati, uning namoyon bo‘lishiga oid taklif va tavsiyalardan “Inson falsafasi” darsligining 2-qismi “Inson fenomeni ijtimoiy omillari” deb, nomlangan mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 sentyabrdagi 89-04-1836-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy va innovatsion tafakkur uyg‘unligi borasidagi nazariy ishlanmalar ilmiy-texnik oliy o‘quv yurtlaridagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
innovatsion rivojlanishga o‘tishning etnosotsial jihatlari, innovatsion rivojlanishning ilmiy-texnik ijod, innovatsiya bozori, innovatsion izlanishlar va ishlanmalar bilan bog‘liqligi asoslangan natijalari va materiallari asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Yosh tadbirkor yurtga madadkor”, “Mahsulot etishtirish, saqlash, qadoqlash va sotish yangi innovatsion zanjirli tizimni rivojlantirish”, “Yosh fermerlarni muvaffaqiyatga eltuvchi bizness rejalar, startaplar” kabi loyihalarini shakllantirish va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 17 sentyabrdagi 04-13/4255-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni innovatsion izlanishlarga jalb etishga, ularda yangi iqtisodiy tafakkurni shakllantirishga erishildi va yoshlar bilan ishlaydigan ilmiy-tadqiqot markazlari uchun metodik tavsiyalar bo‘lib xizmat qilgan.