Usmanova Surayyo Bultakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro-huquqiy hamkorligi”, 12.00.10–Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu137.
Ilmiy rahbar: Adilxodjaeva Surayyo Maxkamovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24/01.
Rasmiy opponentlar: Boboqulov Inomjon Ibragimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Eshmatova Feruza Baxtiyarovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi shartnomaviy va institusional xalqaro-huquqiy hamkorligini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining mamlakatimizda turizmdan noqonuniy migratsiya, odamlarning mehnat va boshqa turdagi ekspluatatsiya qilish maqsadlarida foydalanilishiga qarshi kurashni ta’minlashda ishtirok etishi lozimligi asoslangan;
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida turistlarning erkin harakatlanishi uchun shartnomaviy-huquqiy hamkorlikni rivojlantirish zaruratini inobatga olgan holda yagona viza tartibini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
turistlar va ekskursantlarning atrof tabiiy muhitga hamda davlat va jamiyatning moddiy va ma’naviy qadriyatlariga zarar etishidan ogohlantirish orqali ularning xavfsizligini kafolatlanishi milliy qonunchilik bilan belgilanishi lozimligi asoslab berilgan;
mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan turizm sohasidagi ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy hamkorligi tajribasiga muvofiq turizmning turlari va shakllari, «ekologik turizm» hamda «ziyorat turizmi»ning milliy qonunchilik bilan tartibga solinishi zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro-huquqiy hamkorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda turizmdan noqonuniy migratsiya, odamlarning mehnat va boshqa turdagi ekspluatatsiya qilish maqsadlarida foydalanilishiga qarshi kurashni ta’minlashining milliy qonunchilikda aniqlashtirilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 35-moddasini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2019 yil 11 noyabrdagi 04/5-05-111-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining turizmning salbiy oqibatlarini oldini olish va ularga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etishining qonuniy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona viza joriy qilish haqidagi shartnoma imzolanishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning 37-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 03-22/6632-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Buyuk ipak yo‘lida joylashgan davlatlarga tashrif buyuruvchi turistlarga erkin harakat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning shartnomaviy-huquqiy tartibga solinishiga xizmat qilgan;
mamlakatimizda turistlar va ekskursantlarning atrof tabiiy muhitga hamda davlat va jamiyatning moddiy va ma’naviy qadriyatlariga zarar etishidan ogohlantirish orqali ularning xavfsizligini kafolatlanishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonunining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2019 yil 11 noyabrdagi 04/5-05-111-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mamlakatimizda turistlar va ekskursantlarning huquqlari hamda xavfsizligining xalqaro standartlar hamda xorijiy davlatlar tajribasiga muvofiq ravishda huquqiy jihatdan aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
turizmning alohida turlarining huquqiy jihatdan tartibga solinishi mexanizmini takomillashtirish maqsadida turizmning turlari va shakllari hamda «ekologik turizm» va «ziyorat turizmi» kabi turizmning aniq turlari to‘g‘risidagi normaning milliy qonunchilikka joriy etilishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonuniga «Turizmning turlari va shakllari» nomli alohida modda kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2019 yil 11 noyabrdagi 04/5-05-111-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan turizm sohasidagi ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy hamkorligi tajribasiga muvofiq turizmning aniq turlarini belgilash uchun zarur huquqiy asos yaratishga xizmat qilgan.