Berdieva Uguloy Abduraxmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07– Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt803.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirishga qaratilgan  taklif va  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish yo‘llarini o‘zida jamlagan soliq ma’muryatchiligining yangicha mazmuniga mos tarzda soliqlarning so‘zsiz oshiruvchanlik  va soliq to‘lovchilar bilan oshkora hamkorlik tamoyillari takomillashtirilgan;
xo‘jalik sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan kassa operatsiyalari ma’lumotlarini “onlayn” rejimida muntazam etkazib beruvchi nazorat-kassa tizimini joriy qilish va schet-fakturalarni ro‘yxatga olish asosida soliq ma’murchiligi takomillashtirilgan;
soliq majburiyatini ixtiyoriy bajarish darajasini oshirish, soliq qonunchiligini buzish holatlarini qisqartirish maqsadida muddatlarida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar uchun penya miqdorini oshirish asoslangan;
sog‘lom raqobat tizimini shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratish, soliq solish bazasini kengaytirish va soliq tushumlarining o‘sishini ta’minlashda soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish va samarasiz imtiyozlarni bekor qilish  taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish yo‘llarini o‘zida jamlagan soliq ma’muryatchiligining yangicha mazmuniga mos tarzda soliqlarning so‘zsiz oshiruvchanlik  va soliq to‘lovchilar bilan oshkora hamkorlik tamoyillarini qo‘llash yuzasidan berilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Soliq kodeksini  ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18794-son hamda Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi “Byudjet va iqtisodiy islohotlar” qo‘mitasining 2018 yil 25 iyuldagi 04/1-06-1672-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida soliqqa tortish amaliyotida soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatini ixtiyoriy bajarish darajasini oshirish, soliq qonunchiligini buzish holatlarini qisqartirish imkoniyati yaratilgan;
xo‘jalik sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan kassa operatsiyalari ma’lumotlarini “onlayn” rejimida muntazam etkazib beruvchi nazorat-kassa tizimini joriy qilish va schet-fakturalarni ro‘yxatga olish asosida soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18794-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish hisobiga o‘zaro munosabatlar shaffofligini ta’minlash asosida soliq nazorati sifati oshirilgan, soliq bazasi kengaytirilgan, soliq ma’murchiligining takomillashtirilishi ta’minlangan;
muddatlarida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar uchun penya miqdorini oshirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 120-moddasiga o‘zgartirishlarda aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18794-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun javobgarlikka tortilganlar soni 15 foizga kamaygan;
 soliq imtiyozlarini qo‘llash samaradorligini monitoring va baholash tizimini  joriy  etish bo‘yicha  berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18794-son ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bilan soliq imtiyozlaridan foydalanish samaradorligi ortgan, samarasiz imtiyozlar bekor qilinishi natijasida soliq bazasi kengaygan, yil yakuniga qadar 2,6 trln. so‘mga yaqin tushum tushishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish