Madjidova Dildora Abduxamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabaqalashgan yondashuv asosida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyasining ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped710.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabaqalashgan yondashuv asosida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyasining ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyalashning ijtimoiy-pedagogik shartlari vositasida bolalarda oilaviy hayot haqidagi ijobiy pozisiyani qaror toptirish, ularni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ijtimoiy ongini rivojlantirish jarayonlarini shaxsiy qadriyatlar tuzilmasi bilan integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy holati, individual xususiyatlari, shaxsiy yo‘nalganligini oila sharoitiga moslashtirish modelining dezadaptatsiya sabablari va ko‘rinishlarini aniqlashtirish, diagnostik va korreksion ko‘rsatkichlar ekspert matrisasini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
bolaning qondosh oila bilan munosabatlarini qayta tiklash, shaxslararo munosabatlar tizimini qaror toptirish, mehr-oqibat kompetensiyasini shakllantirish asosida tarbiyalanuvchilarni oila sharoitiga reintegratsiyalash texnologiyasi takomillashtirilgan;
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyasini ta’minlash uchun diagnostik, korreksion, reabilitatsion faoliyatni ijtimoiy munosabatlar bilan integratsiyalash, shuningdek oilalarning tarbiyaviy imkoniyatlarini oshirish hamda bolalarni ijtimoiy moslashtirishning individual dasturlarini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabaqalashgan yondashuv asosida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyasining ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyalashning ijtimoiy-pedagogik shartlari, bolalarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ijtimoiy ongini rivojlantirish jarayonlarini shaxsiy qadriyatlar tuzilmasi bilan integratsiyasini ta’minlashga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil  11 fevraldagi “Etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4185-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi  “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy etimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 06-06/2-3014-son ma’lumotnomasi). Natijada mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyalashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini amalga oshirish samaradorligiga erishilgan;
tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy holati, individual xususiyatlari, shaxsiy yo‘nalganligining tizimli tahlili, oila sharoitiga moslashtirish modeli va texnologiyasini takomillashtirishga doir takliflardan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida 2012–2014 yillarda amalga oshirilgan A-1-016 raqamli “Mehribonlik uylari hamda bolalar shaharchalari bazasida tarbiyalanuvchilarni oilaga joylashtirish bo‘yicha xizmat modelini yaratish” nomli, 2015–2017 yillarda amalga oshirilgan A-1-031 raqamli  “O‘zbekistonda erta ijtimoiy etimlikning oldini olish tizimini modernizatsiyalashning ilmiy-uslubiy asoslari” nomli amaliy tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2018 yil 20 iyuldagi 03/342-son ma’lumotnomasi). Natijada mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyalash bo‘yicha hamkorlik pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyasini ta’minlash uchun diagnostik, korreksion, reabilitatsion faoliyatni ijtimoiy munosabatlar bilan integratsiyalash, shuningdek oilalarning tarbiyaviy imkoniyatlarini oshirish hamda bolalarni ijtimoiy moslashtirishning individual dasturlarini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar mehribonlik uylari tarbiyachilari, ijtimoiy ish xodimi, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bosh tarbiyachisi faoliyatini samarali tashkil etishga muayyan darajada xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2018 yil 17 avgustdagi 01/11-1/15-1475-son hamda Samarqand viloyati xalq ta’lim boshqarmasining 2018 yil 3 dekabrdagi 3760-son ma’lumotnomalari). Natijada mehribonlik uylari tarbiyachilari, ijtimoiy ish xodimi, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish