Mattiev Ilhom Begmatdulobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda salomatlikni asrashga yo‘naltirilgan tafakkurni shakllantirish (biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped135.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Choriev Abdushukur Chorievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ma’murov Baxodir Baxshillaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biznes va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda salomatlikni asrashga yo‘naltirilgan tafakkurni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari biznes va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda salomatlikni asrashga yo‘naltirilgan “health care” tafakkurini shakllantirishning pedagogik shakllari (auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar), metodlari (kolloborativ diskussiya, targ‘ibot dialoglari, loyihalash), usullari (profilaktik himoyalovchi, kompensator, rag‘batlantiruvchi) aniqlashtirilgan;
pedagogik jarayonni “health care” asosida loyihalashning komponentlari (innovatsion g‘oya, pedagogik jarayonni modellashtirish, pedagogik eksperiment); didaktik mezonlari (akmeologik va aksiologik, integratsion, fasilitatsion, kontekst, situatsion, adaptatsion ta’lim), aniqlangan;
biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari talabalarida “health care” tafakkurini shakllantirish asoslari belgilangan, uning dars jarayonidagi va dars jarayonidan tashqaridagi tizimlarining pedagogik vazifalari, shart-sharoitlari aniqlangan va pedagogik jarayonning yaxlit pedagogik modeli ishlab chiqilgan;
biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari talabalarida salomatlikni asrashga yo‘naltirilgan “health care” tafakkurini shakllantirishning innovatsion-metodik strategiyasi, uning eksperimental darajasi, baholash darajalari va mezonlari, pedagogik jarayonni modernizatsiya qilishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarda salomatlikni asrashga yo‘naltirilgan tafakkurni shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari biznes va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda salomatlikni asrashga yo‘naltirilgan “health care” tafakkurini shakllantirishda mahalliy hokimiyat, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimining o‘zaro muvofiqlashgan yaxlit pedagogik modeliga doir takliflardan IOT 2013-1-19 raqamli “Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini etuk va kasbiy ko‘nikmaga ega kadrlar bilan ta’minlanishda kasb-hunar kollejlarida adabiyotlarni tashkil etilishining ahamiyati” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 89-13-4159-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tafakkuri, axloqiy sifatlari, tegishli kasbiy kompetensiyasini shakllantirish, ularning turg‘un intellektual-emotsional kategoriyaga aylanishi ta’minlangan;
“Milliy g‘oya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2018 yil 20 sentyabrdagi 02/09-1014-18-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni har tomonlama barkamol va sog‘lom qilib tarbiyalash bo‘yicha o‘quv ta’minoti yaratilgan, ta’lim muassasalarida ta’lim sub’ektlarining sog‘lomlashtirish faoliyatini tizimli tashkil qilish jarayoni takomillashtirilgan;
“health care” tafakkurini shakllantirishda integratsiya asoslari, uning intellektual, boshqaruv, psixologik, kommunikativ, refleksiv aspektlariga doir takliflardan Guliston davlat universiteti, Jizzax politexnika instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat chet tillar institutlarda talabalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tizim va texnologiyani joriy etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2796-son hamda 2018 yil 29 maydagi 01-02/2-2-159-son ma’lumotnomalari). Natijada, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari talabalarida “healt care” tafakkurini shakllantirishning asoslari belgilanib, uning dars jarayonida va dars jarayonidan tashqaridagi pedagogik jarayonning yaxlit pedagogik modeli ishlab chiqilishiga erishilgan.
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, har bir kishida o‘z salomatligi uchun mas’ullik tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha tadqiqot xulosalari va tavsiyalaridan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining tuman, shahar, viloyatlar miqyosidagi tadbirlarida foydalanilga (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2018 yil 7 sentyabrdagi 02-04/488-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent viloyati va shahri mahallalarida yoshlarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiqodini rivojlantirish, ularning zararli odatlardan o‘zini asrash malakalari va mas’uliyatini ta’minlashga erishilgan;
biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari talabalarida salomatlikni asrashga yo‘naltirilgan tafakkurni shakllantirishga doir xulosa va tavsiyalardan, xususan ishlab chiqilgan innovatsion yondashuvlardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashining 2018 yildagi faoliyati samaradorligini oshirish va yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 17 avgustdagi 04-13/4505-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasida zararli odatlar, yuqumli kasalliklar, ijtimoiy kasalliklarning oldini olish, reproduktiv salomatlik, oila salomatligiga oid yangi qarashlarni shakllantirishga erishilgan.