Ubaydullaeva Raisa Tursunovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: «O‘zini o‘zi anglash sotsiologiyaning sub’ektiv-amaliy metodologiyasi sifatida», 22.00.01–Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar metodlari (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Sots7.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSs.29.12.2018.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Qo‘shoqov Shavkat Solievich, falsafa fanlari doktori, professor; Mamatov Normurod Mamatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy jarayonlar o‘zgarishining konseptual asoslarini o‘zini o‘zi anglash, tashkillashtirish va insoniyat ruhiy olamida o‘z ichki «Men»ini shakllantirish negizida ishlab chiqish va bu jarayonning o‘ziga xosligini hisobga olishda shaxsning o‘rni hamda ijtimoiy harakatlar mantig‘ini aniqlovchi refleksiv metodologiyani asoslash hamda sotsiologik tahlilini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zini o‘zi refleksiyalash sotsiologiyaning nazariy-metodologik konsepsiyasi va aholi turli tabaqalari vakillari tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy, intellektual xatti-harakatlarning ma’naviy-axloqiy omili ekanligi asoslangan;
ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy muammolarni sotsiologik tadqiq etishda matematik modellashtirish usulini qo‘llash reprezentativlik, valentlik (ishonchlilik)ni ta’minlash, natijalarini sintezlash metodlari samaradorligini oshirishi asoslangan;
o‘zini o‘zi refleksiyalash inson kapitalini faollashtirishi va shaxsning bunyodkorlik salohiyatini oshirishning ma’naviy omili ekanligi asoslangan;
tafakkurni tizimli tahlil qiluvchi integral-differensial yondashuv nazariyasini o‘zini o‘zi refleksiyalash bilan uyg‘unlashtirib qo‘llash  voqelikni ma’naviy idrok etish, shaxsning sotsial dispozisiyasi, ijtimoiy mo‘ljallari va harakatlari jarayonlarini faollashtirishi asoslangan;
aholi turli tabaqa vakillarining qadriyatlarga mansublik va ularga  bog‘langanlik darajasini miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali ifodalash amaliyotining joriy etilishi ularning o‘zini o‘zi refleksiyalash holatini ijobiylashtirishi asoslangan;
«sotsial va individual refleksiya», «ilmiy refleksiya», «refleksiv metodologiya» tushunchalari sotsiologik atamalar sifatida joriy etilib, voqelikka ratsional yondashuvdan o‘zini o‘zi refleksiyalash orqali transformatsiyalanish jarayoni sotsiologik tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zini o‘zi refleksiyalash sotsiologiyaning sub’ekt-amaliy metodologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
refleksiv sotsiologiyaning nazariy-metodologik asosi sifatida, shuningdek dissertatsiyada aniqlangan ratsionallik nazariyasining harakatlar strategiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turlari va metodlari, tafakkurni tizimli-yaxlit tahlil qilish sifatidagi integral-differensial yondashuvni ma’naviy dunyoning o‘ziga xosligini inobatga oluvchi, shaxsning dispozisiyasi, oqillik turlari va ijtimoiy harakatlar mantig‘ini belgilovchi holatlari Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan jamoatchilik fikrini o‘rganish va tahlil qilishda nazariy-metodologik asos sifatida hamda ilmiy jihatdan tizimli tahlil qilishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 22 yanvardagi 11/542-son ma’lumotnomasi). Natijada diskurs-tahlil, o‘zi bilan suhbat qurish usuli, ma’lumotlarni tahlil qilishning intellektual usullarini ishlab chiqish va aprobatsiya qilish, taqqoslash, oqillik, uyg‘unlik, darajani ilmiy refleksif tahlilining ob’ektivligini, kompleksligini ta’minlovchi vositalari sifatida ishlab chiqish hamda ilmiy jihatdan tizimli tahlil qilish imkonini bergan;  
 o‘zini o‘zi refleksiyalash inson kapitalini faollashtirishi va shaxsning bunyodkorlik salohiyatini oshirishning ma’naviy omillariga oid takliflardan «Yetakchi» yoshlar markazi tomonidan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy muammolarini sotsiologik tadqiq etishda ilmiy-metodologik asos sifatida foydalanilgan («Yetakchi» yoshlar markazi Nodavlat notijorat tashkilotining 2018 yil 16 avgustdagi 020626-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari markazga yoshlar bilan ish olib borishning strategik istiqbolini yanada chuqurroq belgilash imkonini yaratgan;
 diskurs-tahlil, o‘zi bilan suhbat qurish usuli respondentlarning mental o‘ziga xosliklarini tahlil qilishning intellektual usullari O‘zbekiston Milliy universitetining F-4-64 raqamli «Intellektual tahlilda ob’ektlarning umumlashgan o‘lchamlarini hisoblash usullarini ishlab chiqish va asoslash» ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida amaliyotga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliginin 2019 yil 17 iyundagi 89-04-1215-son ma’lumotnomasi). Grant loyihasi doirasida matematika va filologiya fakul`tetlari talabalarining mental xususiyatlarini ta’riflashda miqdoriy belgilarning barqarorligini baholash usuli (formulasi) ishlab chiqilgan; umumiy baho asosida o‘rganilayotgan ob’ektga xos yashirin belgilarni aniqlash usuli taklif qilingan; dialog usulida o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra talabalar mentalitetini differensiatsiyalash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
axborotlashgan jamiyatda milliy o‘zlikni anglashda sotsial ziddiyatlarga sabab bo‘luvchi muammolarni bartaraf etishning nazariy va empirik jihatlariga oid takliflardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida istiqbolli tahliliy sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2017 yil 30 noyabrdagi 11/349-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning «Jamoatchilik fikrini o‘rganish sektori» tomonidan «Fuqarolik jamiyatini shakllantirib borishda huquqiy madaniyatning o‘rni va roli» mavzusida o‘tkazilgan fokus-guruh tadqiqotlarda qo‘llanilishi refleksiv sotsiologiyaning sub’ektiv amaliy metodologiyasini belgilab berishda o‘z hissasini qo‘shgan;
refleksiv sotsiologiyaning sub’ektiv amaliy jarayonlarni optimallashtirish, shuningdek xalqaro yoshlar festivallari, ommaviy sport va turli madaniy tadbirlar tashkil etish orqali yoshlarning yuz berayotgan global o‘zgarishlarga moslashuvini ta’minlashga oid xulosa va tavsiyalardan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining tadqiqotlarida foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2018 yil 9 noyabrdagi 01-16/355-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba yoshlar, shuningdek, ish bilan ta’minlanmagan, uyushmagan yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari samaradorligi ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish