Mustaev Bahrom Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek milliy bog‘i me’moriy dasturini yaratishning ilmiy-nazariy va loyihaviy asoslarini takomillashtirish», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/A9.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Salimov Orifjon Muslimovich, arxitektura doktori, professor; Muxamedjanov Qobiljon Hojimuradovich, arxitektura nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda bog‘-park san’atining shaklla¬nish asoslarini takomillashtirish va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash hamda o‘zbek milliy bog‘ini yaratishning me’moriy dasturini ishlab chiqish va loyihaviy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston an’anaviy bog‘-park san’atining ildizlari qadimiy Eronda keng qo‘llanilgan “chorbog‘” usuliga borib taqalishi, keyinchalik bu usul takomillashtirilib, “chorbog‘-xiyobon”, “hovuz-xiyobon” va “chorchinor” usullarida rivojlanganligi aniqlangan;
O‘zbekiston an’anaviy bog‘-park san’atiga xos bo‘lgan kompozision markazning embrioni hovuz ekanligi, bog‘ ko‘shki va hovuzning handasaviy parametrlari bir-biriga uyg‘un tarzda rejalanganligi aniqlangan;
o‘zbek milliy bog‘ini yaratishning me’moriy dasturi va uning asosiy tamoyillari, jumladan tarhiy echimi, arxitekturasi, ko‘kalamzorlashtirish usullari, funksional zonalashtirish yo‘llari, bog‘ ob’ektlarining nazariy dizayn echimlari asos¬langan;
an’anaviy bog‘larning me’moriy-rejaviy echimini va tarkibidagi elementlarning vizual ko‘rinishini yaqqol tasavvur qilish samaradorligini ikkinchi oshyonni qo‘llash orqali oshirish mumkinligi aniqlangan;
o‘zbek milliy bog‘ining atributlariga xos xususiyatlar (hovuz, charxpalak, ayvon, peshayvon, kayvon, shiypon, chodir, o‘tov, favvora, sharsha¬ra, shalola, ko‘shklar tarzidagi ko‘p funksiyali madaniyat va ma’rifat saroyi, tasviriy san’at asarlari, milliy liboslar, ko‘rgazmalar zali, mil¬liy fol`klor estradasi, milliy o‘yinlar maydonchasi, milliy choyxonalar, chor¬poya-lar, xontaxtalar, topiar maydonchasi, chorchinor maydonchasi) va seman¬ti¬ka¬siga xos xususiyatlar (bog‘ning mafkuraviy, g‘oyaviy falsafiy va romantik o‘ziga xosligi, kishini his-hayajon va mushohadalarga tortish darajasi hamda tarkibidagi me’moriy-landshaft echimlari) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek milliy bog‘i¬ning me’moriy dasturini yaratishning ilmiy-nazariy va loyihaviy asosla¬ri¬ni takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Temuriylar davri bog‘larini qayta tiklash bo‘yicha tavsiyalar hamda respublikamizdagi me’moriy obidalar atrofini landshaft tashkillashti¬rish, ko‘kalamlashtirish va obodonlashtirishda o‘zbek milliy bog‘i strukturasidan foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan loyihaviy takliflar amaliyotda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi "Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining 2019 yil 18 yanvardagi 01-01/44-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘rta Osiyo bog‘-istirohatchilik san’atini loyihalash va yaratish jarayoni orqali o‘zbek milliy bog‘ini qayta tiklash imkoniyatini yaratgan;
o‘zbek milliy bog‘ini yaratishning me’moriy Dasturi va Grafik-al`bom shaklidagi ilmiy-amaliy va loyihaviy takliflar amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019 yil 7 fevraldagi 06-15/724-son ma’lumotnomasi). Innovatsion ilmiy-loyihaviy takliflarning qo‘llanilishi O‘rta Osiyo bog‘-istirohatchilik san’atida o‘zbek milliy bog‘ini me’moriy loyihalash va yaratish orqali Temuriylar davri an’anaviy bog‘larini qayta tiklash uchun imkoniyat yaratgan;
Samarqand viloyatidagi Darg‘om va Bulung‘ur kanallari yon atrofida aholining dam olishi va turizmni rivojlantirish maqsadida milliy an’analarimizni qayta tiklashga qaratilgan bog‘larni loyihalash takliflaridan amaliyotda foydalanilgan (Samarqand viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining 2019 yil 15 yanvardagi 01-57-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijaning amaliyotga tatbiq etilishi nafaqat shahar hududlarida balki tumanlarda ham milliy me’morchilik an’analari asosida bog‘ yaratishning samarali yo‘nalishlarini belgilab bergan.