Tojibaev Bahromjon Turabaevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston o‘quvchi-yoshlarida deviantlik profilaktik omillarining sotsiologik tahlili», 22.00.02–Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Sots19.
Ilmiy rahbar: Yunusov Alisher Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.29.12.2018.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Abduazimov Oqiljon O‘tkurovich, sotsiologiya fanlari doktori; Ahrorov Suhrabxon Yunusovich, sotsiologiya fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston o‘quvchi-yoshlarida deviantlik profilaktikasi samaradorligini oshirish imkoniyatlarini tizimli tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy me’yorlarning noaniqligi va jamoaviy nazoratning beqarorligi o‘quvchi-yoshlarda deviantlikning yuzaga kelishiga ta’sir etish omillari ekanligi ochib berilgan;
o‘quvchi-yoshlardagi ijtimoiy-ruhiy va intellektual o‘zgarishlar natijasida deviantlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy, ruhiy, intellektual turlarga ajratilgan ijtimoiy omillar tasnifi ishlab chiqilgan;
o‘quvchi-yoshlarni nokomformlilik (tarbiyaga yopiqlik) holatidan konformlilik (tarbiyaga ochiqlik) holatiga o‘tkazishda tarbiya sub’ektlari imidjini oshirishdan iborat previntiv yondashuv samaradorligi asoslangan;
oila, ko‘cha va tengdoshlar guruhida shakllanuvchi birlamchi mikromuhit deviantligi profilaktikasida milliy qadriyatlarga asoslangan an’anaviy yondashuv (ustoz-shogirdlik va t`yutorlik tizimlarini joriy qilish, ijtimoiy indikatorlarni hisobga olib harakatlanish, o‘quvchi-yoshlar tarbiyasiga mas’ullarning bilimlarini oshirib borish)ni qo‘llash faoliyat natijadorligini oshirishi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston o‘quvchi-yoshlaridagi deviantlikning profilaktik omillarini tadqiq qilish asosida:
o‘quvchi-yoshlardagi ijtimoiy-ruhiy va intellektual o‘zgarishlar natijasida deviantlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy, ruhiy, intellektual turlarga ajratilgan ijtimoiy omillar tasnifidan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 2017 yil noyabr`-dekabr` oylarida o‘tkazilgan “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish muammolari” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2019 yil 20 noyabrdagi 03/1842-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yoshlarda deviant xulq-atvorning yuz berish mexanizmini chuqurroq tahlil qilish va profilaktikaga oid taklif va tavsiyalarni boyitish imkonini bergan;
o‘quvchi-yoshlarni nokomformlilik holatidan konformlilik holatiga o‘tkazishda tarbiya sub’ektlari imidjini oshirishdan iborat previntiv yondashuv samaradorligini oshirishiga doir tavsiyalaridan “Boshqaruv psixologiyasi va sotsiologiyasi” fani dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan va hamkorlikda “Yoshlarda me’yordan og‘ishlarning ijtimoiy omillari” mavzusida uslubiy qo‘llanma tayyorlanib, nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2019 yil 20 noyabrdagi 03/1842-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi o‘quvchi-yoshlarda konformlilikni maqbul yo‘nalishda boshqarish orqali deviantlik profilaktikasi samaradorligini oshirishga, o‘quvchi-yoshlarda deviantlik profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlar uslubiyotini boyitishga xizmat qilgan.
sotsiologik nuqtai nazardan tadqiq etilgan jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlar va ijtimoiy nazoratni o‘quvchi-yoshlaridagi deviantlik holatlarini yuzaga kelishiga ta’siri omillaridan kelib chiqadigan takliflar, tavsiyalardan Respublika ta’lim markazining ilmiy-amaliy va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda hamda “O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy me’yorlarga rioya qilmaslikni ijtimoiy omillari” nomli ilmiy-uslubiy ko‘rsatmani tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 6 martdagi 01/01-01/5-501-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar profilaktika yo‘nalishlari, sotsiologik omillari, xulosa va tavsiyalari ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasidagi xulq-atvor buzilishlarining oldini olishda, uning ijtimoiy omillarini tahlil qilishda va profilaktik choralar tizimini amaliyotga joriy etishda xizmat qilgan;
oila, ko‘cha va tengdoshlar guruhida shakllanuvchi birlamchi mikromuhit deviantligi profilaktikasida milliy qadriyatlarga asoslangan an’anaviy yondashuvni qo‘llash faoliyat natijadorligini oshirishiga doir xulosa va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan bajarilgan PZ-20170930369 raqamli “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 14 fevraldagi 02/011-164-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi yoshlarda deviant xulq-atvorning yuz berish mexanizmini chuqurroq tahlil qilish va profilaktikaga oid taklif, tavsiyalarni boyitish imkonini bergan.