Mannanova Nilufar Xodjakbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida masofaviy ta’limning shakllanishi va rivojlanishi», 22.00.03–Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Sots12.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi, Dsc.29.12.2018.S.23.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Ma’rifat Xabibovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Isroilov Bektosh Erkinovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda pedagog kadrlar malakasini oshirishda masofaviy ta’limning rivojlanishi va ijtimoiy samaradorligini ta’minlash imkoniyatlarini sotsiologik tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy ta’lim jarayonlari tizimi qatoriga funksional va motivatsion elementlarning uyg‘unlashtirilishi virtual ta’lim samaradorligining oshishiga va jamoatchilik fikri ta’sirchanligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
pedagog kadrlar malakasini masofadan oshirish tizimini “texnik” – “texnologik” – “mazmun” mezonlari asosida baholash va sifatini aniqlash hamda masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha sotsiologik so‘rovnomaning modifikatsiyalashtirilgan ijtimoiy shakli (manbalar, dizayn, etkazilishi, o‘zaro ta’sir, o‘quv muhiti) ishlab chiqilgan.
tinglovchilarning ta’limga ijtimoiy tayyorgarligi (oilaviy sharoiti, turmush tarzi, ishxona, ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlar) va sotsial moslashuvi (mavjud vaziyatda o‘z imkoniyatlarini baholay olishi, o‘z xulq-atvorini maqsadga moslashtira olish) imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijobiy dispozisiyaning shakllanganligi masofaviy ta’lim sifatini oshirishi aniqlangan;
Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar dinamikasiga negativ ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy indikatorlarning O‘zbekistonda masofaviy ta’limni joriy qilishga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri ekspert so‘rovi orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“O‘zbekistonda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida masofaviy ta’limning shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
masofaviy ta’lim jarayonlari tizimi qatoriga funksional va motivatsion elementlarning uyg‘unlashtirilishi jamoatchilik fikri ta’sirchanligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga doir taklif va tavsiyalaridan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan 2018 yilda “Ta’lim sohasida korrupsiya holatini sotsiologik o‘rganish” mavzusida o‘tkazilgan tadqiqotda nazariy-metodik asos sifatida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 3 maydagi 11/224-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar ta’lim tizimidagi ijtimoiy munosabatlarni tizim yasovchi elementlar o‘rtasidagi aloqalar sifatida o‘rganishga qaratilgan tadqiqot natijalarini har tomonlama mukammal va chuqur tahlil qilish imkonini bergan;
pedagog kadrlar malakasini masofadan oshirish tizimini “texnik” – “texnologik” – “mazmun” mezonlari asosida baholash va sifatini aniqlash hamda masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha sotsiologik so‘rovnomaning modifikatsiyalashtirilgan ijtimoiy shakli “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlari, ma’naviyati, ijtimoiy yo‘nalishlari” mavzusidagi sotsiologik tadqiqot savolnomasini takomillashtirishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2018 yil 23 maydagi 01-16/186-son ma’lumotnomasi). Bu pedagog kadrlar malakasini masofadan oshirish tizimidagi sub’ektlarning (ekspert-mutaxassislar, masofadan ta’lim beruvchi pedagoglar va masofadan ta’lim oluvchi tinglovchilar) munosabatlarini ilmiy asosda o‘rganishga xizmat qilgan;
tinglovchilarning ta’limga ijtimoiy tayyorgarligi (oilaviy sharoiti, turmush tarzi, ishxona, ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlar) va sotsial moslashuvi (mavjud vaziyatda o‘z imkoniyatlarini baholay olishi, o‘z xulq-atvorini maqsadga moslashtira olish) imkoniyatlaridan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining “O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlari, ma’naviyati, ijtimoiy yo‘nalishlari” mavzusidagi sotsiologik tadqiqot savolnomasini takomillashtirishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2018 yil 23 maydagi 01-16/186-son ma’lumotnomasi). Bu takliflarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda ta’lim sohasi islohotlarida masofaviy ta’limni rivojlantirishni eksperimental tarzda o‘rganishga, sotsiologik so‘rovlar ijtimoiy mohiyatining boyishiga, ob’ektivligi va haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar dinamikasiga negativ ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy indikatorlarning O‘zbekistonda masofaviy ta’limni joriy qilishga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siriga doir taklif va tavsiyalaridan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan 2018 yilda o‘tkazilgan “Yoshlarning muammo va ehtiyojlarini aniqlash, ularni kasbga yo‘naltirish, ishga joylashtirish va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish” mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotda axborot-tahliliy ma’lumot tayyorlashda hamda geografik, hududiy xususiyatlari va imkoniyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 3 maydagi 11/224-son ma’lumotnomasi). Bu ijtimoiy jarayonlarga masofaviy ta’sir etish texnologiyasini hamda fuqarolik jamiyatining turli institutlarini kompleks o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish