Kaypnazarova Miyrixan Kalmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq tilining shimoliy shevasi kasbiy leksikasining lingvogeografik tadqiqi», 10.00.03–Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil200.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Yuldash Matkarimovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Dilanov Bekmurza Gulimbetovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq tili shimoliy shevasidagi dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik kasbi bilan bog‘liq so‘zlarning leksik-semantik tabiatini dialektologik yo‘nalishda lingvogeografik areallari tavsifini ochib berish, ularning etnomadaniy, sotsiolingvistik sabablarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dialektal kasbga oid leksikaning adabiy tildagi muqobillari bilan farqlari lingvogeografik jihatdan izohlanib, lingvoareal hududlarda (dialektal) turli variantlarda qo‘llanilishi dialektologik xaritada izoglossik belgilar asosida ko‘rsatilgan;
milliy adabiy til me’yorlarini dialektal leksika asosida taraqqiy ettirish mumkinligi aniqlanib, ularni chet tillardan olinadigan o‘zlashmalar o‘rnida qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif qilingan;
qoraqalpoq tilining shimoliy shevasidagi kasbiy so‘zlarning xalq og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xosligi, ularning nominativ atamaga ega bo‘lishi bilan birga metaforalashish holatlari ko‘zatilgan;
kasbiy faoliyatning yangi texnologiya va texnik vositalar bilan ta’minlanishi tufayli ayrim kasbga oid dialektal so‘zlar qo‘llanilishda sustlashishi yoki arxaiklashishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq tilining shimoliy shevasi kasbiy leksikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dialektal kasbiy so‘zlarning ijtimoiy-iqtisodiy asoslariga doir xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi hujjatlaridagi dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik kasbiga oid terminlarni orfografik jihatdan imlo xatolarsiz, savodli yozishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasining 2018 yil 8 noyabrdagi 01/1-09-10/2-1826-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limida tayyorlanadigan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi stastistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr etish chora-tadbirlar rejalariga bog‘liq statistik ma’lumotlar tayyorlashda hujjatlarning adabiy til normalariga mos olib borilishi va to‘g‘ri yozilishiga erishilgan;
dialektal kasbiy so‘zlarning tarixiy etimologiyasiga oid tahliliy xulosalaridan Berdaq milliy muzeyida tashkil etilgan ko‘rgazmani tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 4-04/1750-son ma’lumotnomasi). Bu muzeyda tashkil qilingan xalq ijodiyoti bo‘yicha ma’naviyat darslarini o‘tkazishda, sayohat davomida ma’lumotlarni to‘ldirishda, ma’ruzalar tayyorlashda, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki so‘zlashuv tilida uchraydigan dialektal nuqsonlarni bartaraf etishda ijobiy natijalar bergan;
qoraqalpoq xalqining milliy madaniy merosi, hayot tajribalari va kasbi bilan bog‘liq leksik birikmalarning shevalardagi qo‘llanilish xususiyatlari, kasbiy dialektal atamalarning nomlanishga doir materiallardan Qoraqalpog‘iston televideniesida «Assalam Qaraqalpaqstan!», «Sөz gәo‘hari» kabi ko‘rsatuvlarida, «Tilge itibar, elge itibar», «Millet hәm mәnao‘iyat», «Qayirli taң» nomli radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2018 yil 20 iyuldagi 01-02/348-son ma’lumotnomasi). Kasbiy leksik birikmalar bilan bog‘liq lingvomadaniy ma’lumotlar va lingvogeografik materiallarning keng ommalashtirilishi natijasida ko‘rsavtuv va eshittirishlarning ma’rifiy ahamiyatini oshirishga erishilgan.