Eshmatova Feruza Farxodovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro parlament tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalari », 12.00.10–Xalqaro huquq
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Yu25
Ilmiy rahbar: yo‘q
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017. Tar/Yu/I.24.01.
Rasmiy opponentlar: Boboqulov Inomjon Ibragimovich, yuridik fanlari doktori, professor; Tillabaev Mirzatilla Alisherovich, yuridik fanlari doktori, dotsent; Tulyaganov Abdumannop Abdujabborovich, yuridik fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Davlat yuridik universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga  molik.
II. Tadqiqot maqsadi  xalqaro parlament tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalarini tahlil qilish, tegishli tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining boshqa davlatlar parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzishi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar va boshqa tuzilmalar tashkil qilishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashinishining amaliy ahamiyati asoslantirilgan; 
xorijiy davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa hamkorlik tuzilmalari Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tuzilishi, uning tarkibi Qonunchilik palatasi Kengashning qarori bilan tasdiqlanishi asoslantirilgan; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati birgalikda boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari tarkibida hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa hamkorlik tuzilmalarini tashkil qilishi ularning tarkibi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining Qo‘shma qarori bilan tasdiqlanishi asoslantirilgan;
rasmiy parlament delegatsiyalari boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibida xorijiy mamlakatlarga yuborilishi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi va xorijiy safar yakunlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda hisobot tayyorlash mexanizmi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining xorijiy mamlakatlar parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo tuzilmalari ixtiyoriylik asosida tuzilishi va Parlamentlararo tuzilma tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari ham alohida-alohida, ham birgalikda kirishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xalqaro parlament tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zamonaviy xalqaro parlament tashkilotlarining nazariy-amaliy muammolarini ilmiy tadqiq etish natijalariga ko‘ra, ishda: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik qilishining huquqiy asoslarini yaratish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonuni loyihasining 34-moddasi birinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va Parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, 2018 yil 07 yanvar` 10/1-577-son dalolatnoma). Ushbu qo‘shimchaning kiritilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzishi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar va boshqa tuzilmalar tashkil qilishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashinishining huquqiy asoslarini mustahkamlab qo‘yishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik qilishining huquqiy asoslarini yaratish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonuni loyihasining 341-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va Parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, 2018 yil 07 yanvar` 10/1-577-son dalolatnoma). Ushbu qo‘shimchaning kiritilishi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan hamkorlik bo‘yicha boshqa tuzilmalarni tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirishga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik qilishining huquqiy asoslarini yaratish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonuni loyihasining 342-moddasida kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va Parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, 2018 yil 07 yanvar` 10/1-577-son dalolatnoma). Ushbu qo‘shimchaning kiritilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining rasmiy parlament delegatsiyalari boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlariga borishi uchun mavjud huquqiy asosni mustahkamlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari tarkibidan Parlamentlararo tuzilma tuzishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2017 yil 25 dekabrdagi № 1391-III/KQ-280-III qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining xorijiy mamlakatlar parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo tuzilmalari to‘g‘risida Nizom”ning II bo‘limi 6 bandi kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va Parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, 2018 yil 04 mart 10/1-589-son dalolatnoma). Ushbu bandning kiritilishi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan hamkorlik bo‘yicha boshqa tuzilmalarni tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirishga, hamkor davlatlar o‘rtasida progressiv muloqotni rivojlantirish, mazkur sohadagi davlat siyosatining yo‘nalishlarini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda aniq belgilashga xizmat qilgan; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari delegatsiyalarining xorijga chiqishini tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari delegatsiyalarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida Reglamentni ishlab chiqish va qabul qilish taklifi kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va Parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, 2019 yil 13 sentyabr` 10/1-753-son dalolatnoma). Ushbu taklif etilgan reglamentning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari apparatlari mas’ul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etish tartibini belgilashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish