Nazarova Janna Avzarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vena serebral patologiyasi, bosh miya surunkali va o‘tkir ishemiyasi shakllanishida uning roli», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib370.
Ilmiy rahbar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Nurgujaev Erkin Ismagulovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Kozog‘iston) Sadikova Gulchehra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Mirdjuraev Elbek Mirshovkatovich tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Ul`yanovsk davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: serebrovaskulyar patologiyali bemorlarda intrakranial venoz etishmovchiligini tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda surunkali vena serebral disfunksiyasida komorbid fonning og‘irlashtiruvchi axamiyati isbotlangan;
surunkali miya ishemiyasi fonida venoz oqimi buzilishi sababli rivojlangan serebral disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarda kognitiv, neyropsixologik va psixoemotsional xolatlar buzilishlari orasidagi uzviy mutanosiblik aniqlangan;
vena serebral nomutanosibligi rivojlanishi sababli miya qon aylanishining gemodinamik zaxirasining pasayishi va miya ishemik shikastlanishi boskichlari jadal rivojlanishi isbotlangan;
ilk bor surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda venoz disgemiya rivojlanish fonida kuz tur pardasi o‘zgarishlari va serebral gemodinamika ko‘rsatkichlari orasida uzaro bog‘liqlik mavjudligi aniklangan;
bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi tranzitor ishemik atakasi venoz serebral disfunksiyaning vertebro-bazilyar basseynida ayniqsa ayollarda uchrash tezligi yuqoriligi aniqlandi;
surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda serebral gemodinamika holati lokal qon aylanishining buzilishlariga va oftal`mologik o‘zgarishlarga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
surunkali miya ishemiyasi fonida venoz serebral disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarning retinasida kon tomir uzgarishlari kasallikning erta boskichlarida prognostik mezonlari aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya o‘tkir va surunkali ishemiyasida venoz serebral dissirkulyasiyasini davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Miya surunkali ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda yo‘ldosh vena serebral dissirkulyasiya mavjudligini hisobga olgan holda differensial terapiya usuli» mavzusi bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/148-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma joriy etilishi surunkali vena serebral disfunksiyasining klinik-patogenetik tahlili zamonaviy holatini yaxshilash imkonini bergan;
«Reoensefalografiya ko‘rsatkichlari asosida miya surunkali ishemiyasining differensial terapiyasi» mavzusi bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/148-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SVP bo‘lgan bemorlarda VSDni erta tashxislash hamda terapevtik chora-tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan;
gipertonik va aterosklerotik genezli surunkali miya ishemiyasi fonida VSD bo‘lgan bemorlarning klinik-patogenetik xususiyatlarini yaxshilash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, 3-Toshkent tibbiyot akademiyasining nevrologiya bo‘limiga, Toshkent viloyatidagi Somatik kasalliklar shifoxonasi nevrologiya bo‘limiga, Buxoro shahridagi 5- va 6-oilaviy poliklinikalar amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi 8n-z/159-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi VSDni davolash samaradorligini 12,5% ga oshirish, shuningdek, klinik-patogenetik xususiyatlar va gemodinamik buzilishlarni korreksiyalashni hisobga olgan holda kasallikni erta tashxislashning amalga oshirilishi bemorlarda serebrovaskulyar kasallikning zo‘rayishini ahamiyatli kamaytirish imkonini bergan.