Sadirova Shaxlo Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda papillomavirus infeksiyasining tarqalganligi, klinik-immunologik jihatlari va davolash taktikalarini mukammallashtirish», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar, 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib637.
Ilmiy rahbarlar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Saidakrom Askarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matkuliev Xayitboy Matkulievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda papillomavirus infeksiyasining tarqalganligini aniqlash, klinik-immunologik jihatlarini va davolash taktikalarini mukammallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
odam papillomasi virusi bolalarda qaytalovchi yuvenil respirator papillomatozda 100% hollarda uchrashi aniqlangan;
qaytalovchi yuvenil respirator papillomatoz rivojlanishini ona yoki ota tomondan jinsiy a’zolarida papilomatoz, teri va shilliq qavatlar kondiloma/papillomasi, ona yoshini 25 dan yuqori bo‘lishi kabi yuqori xavf omillari isbotlangan;
kasallikni qaytalashga olib keluvchi bolani sun’iy ovqatlantirish, allergiya, Derkay anatomik klasteri bo‘yicha ball 8 dan yuqori bo‘lishi isbotlangan;
tez qaytalovchi yuvenil respirator papillomatozda organizm immunologik xususiyatlarining rivojlanishiga odam papillomasi virusi infeksiyasi ta’siri va davolash samaradorligi har xil yoshli bolalarda aniqlangan;
ad’yuvant davolashning turli sxemalarini qaytalovchi yuvenil respirator papillomatozni jarrohlik usulida davolash bilan birga kompleks qo‘llashning klinik samarador usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda QYuRPni davolash samarasini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda hiqildoq papillomatozlarida immunokorrigirlovchi davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 8n-d/148-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda hiqildoq papillomatozi tarqalganligini o‘rganish, jarrohlik aralashuvidan keyin immunomodulyator dori vositalari sikloferon va laktoflor bilan majmuaviy ravishda davolash imkonini bergan;
bolalarda OPVni tarqalganligi, uni davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 8n-d/28-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi kasallik remissiyasini 1,2–1,5 barobar cho‘zish va dori-darmonlar, reabilitatsiya va parvarishga xarajatlarni 25% ga kamaytirish imkonini yaratgan.