Turg‘unov Abrorjon Maxamatsolievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gepatit V davrida jigar hujayralari regulyatorikasini matematik modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T509.
Ilmiy rahbar: Xidirova Mohiniso Baxromovna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor; Boltibaev Shuxratjon Komiljanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Gepatit V davrida jigar hujayralari regulyatorikasini tadqiq qilish uchun matematik model`, sonli hisoblash algoritmlari va dasturlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gepatit V viruslari jigar hujayralarida faol bo‘lishini hisobga olgan holda ularning molekulyar-genetik tizimlari regulyator mexanizmlari faoliyatining matematik modeli ishlab chiqilgan;
jigar hujayralari va gepatit V viruslari molekulyar-genetik tizimlari regulyator mexanizmlari faoliyatining matematik model` tenglamalarining sonli hisoblash algoritmlari davriy kechikishni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
jigar hujayralari va gepatit V viruslari regulyator mexanizmlari faoliyatini miqdoriy tahlillash uchun dasturlar majmuasi yaratilgan;
gepatit V davrida jigar hujayralari regulyatorikasining dasturlar majmuasi yordamida ularning birgalikdagi faoliyati rejimlari, xaos sohasidagi «r-windows» hamda «qora o‘rama» sohasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gepatit V davrida jigar hujayralari regulyatorikasini normal va anomal holatlarda tadqiq qilish uchun ishlab chiqilgan matematik model`, sonli hisoblash algoritmlari va dasturlar majmuasi asosida:
jigar hujayralari va gepatit V viruslarining birgalikdagi faoliyatini miqdoriy tahlil qilish uchun yaratilgan dasturlar majmuasi Samarqand viloyat Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 sentyabrdagi 8n-4/319-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida o‘ta xavfli yuqumli bo‘lgan virusli gepatit V kasalligini bashoratlash va ushbu kasallikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi xususiyatlarini aniqlagan holda taktik davolashni optimallash imkonini bergan;
jigar hujayralari va gepatit V viruslari molekulyar-genetik tizimlari o‘zaro bog‘liq faoliyati regulyator mexanizmlarini hisob tahlil qilish uchun yaratilgan dasturlar majmuasi «Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi» Davlat unitar korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 13 sentyabdagi 33-8/6417-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida gepatit V viruslari jigar hujayralarida faol bo‘lganda shakllanishi mumkin bo‘lgan virusli gepatit V kasalligiga tashxis qo‘yish vaqtini 2-3 barobarga qisqartirish hisobiga ushbu kasallikka erta va tez tashxis qo‘yish imkonini bergan;
jigar hujayralari va gepatit V viruslari regulyator mexanizmlari faoliyatida yuzaga keladigan virusli gepatit V kasalliklarini erta va tez aniqlash, mavjud virusli gepatit V kasalliklarini patologik holatlarda baholash, kelgusi oqibatlarini oldindan bashorat qilish hamda kompyuter tashxislash texnologiyalaridan foydalanish uchun yaratilgan dasturlar majmuasi «Namangan medtexnika» mas’uliyati cheklangan jamiyat amaliyotiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 13 sentyabdagi 33-8/6417-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida gepatit V davrida jigar hujayralarida kuzatilishi mumkin bo‘lgan virusli gepatit V kasalligining turli patologik holatlarini bashorat qilish vaqtini 1,5-2 martaga qisqartirish hisobiga erta aniqlash imkonini bergan;
gepatit V davrida jigar hujayralari molekulyar-genetik tizimlari faoliyatini normal va anomal holatlarda tadqiq qilgan holda dinamik xaos sohasidagi «r-windows»larni aniqlash va gepatit V kasalligini tez va aniq tashxislash uchun yaratilgan dasturlar majmuasi «Gentex-servis» mas’uliyati cheklangan jamiyat amaliyotiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 13-sentyabdagi 33-8/6417-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida gepatit V davrida jigar hujayralari molekulyar-genetik tizimlarining normal va anomal faoliyatini tez va aniq tashxislashda vaqt sarfini 3-5 martaga kamaytirish hamda dinamik xaos sohasidagi «r-windows»larni aniqlagan holda davolashga samarali yondashish choralarini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish