Yusupova Zaynabxon Djumanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak faoliyati regulyator mexanizmlarini kompyuter modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T454.
Ilmiy rahbar: Saydalieva Maxruy, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Polatov Asxad Muxamedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Palvanov Bozorboy Yusupovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yurak faoliyati regulyator mexanizmlarining matematik modeli, hisoblash algoritmlarini takomillashtirish va kompyuter modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak o‘tkazuvchi tizimi faoliyatini ifodalovchi, yurak bo‘limlari orasida qo‘zg‘alishni tarqalish jarayonidagi kechikish vaqtlarini va yurak o‘tkazuvchi tizimi atrioventrikulyar tuguni faoliyatini hamda biologik qayta aloqa mexanizmlarini inobatga oluvchi biologik sxema ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan biologik sxema asosida yurak faoliyati regulyator mexanizmlarini kechikuvchi argumentli funksional-differensial tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi matematik model` takomillashtirilgan;
yurak faoliyati regulyator mexanizmlari tenglamasini sonli echish usul va algoritmi, aritmiya va yurakning birdan to‘xtab qolish holatlarini aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
matematik modelni sonli tadqiq qilish dasturiy vositalari va yurak miokardi qo‘zg‘alishini uch o‘lchamli grafika ko‘rinishida vizuallashtiruvchi kompyuter modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak faoliyati regulyator mexanizmlarini tadqiq qiluvchi matematik modellar, algoritmlar va dasturiy vositalarni amalda joriy etilish natijalari:
yurak faoliyati regulyator mexanizmlarini tadqiq qilish va yurak o‘tkazuvchi tizimi qo‘zg‘alishini sonli tahlil qilish dasturiy vositasi «Med Plaza City» xususiy klinikasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 33-8/5070-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi yurak aritmiyasini kompyuter tashxislash aniqligini oshirish, aritmiya kasalligini oldindan bashoratlash usullarini rivojlanishiga yordam bergan va ilmiy tajribalar o‘tkazish imkonini bergan. Tuzilgan dasturiy vositalar individual taktik davolash samaradorligining 1,5-2 barobar oshirilishiga asos bo‘lgan;
yurak faoliyati regulyator mexanizmlarini ifodalovchi, yurak miokardi qo‘zg‘alganlik darajasini uch o‘lchamli grafikadan foydalanib vizuallashtiruvchi kompyuter model` dasturiy vositasi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 33-8/5070-son; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 avgustdagi 8n-z/270-son ma’lumotnomalari). Ilmiy tadqiqot natijasida yurak miokardi qo‘zg‘alganlik darajasini sonli tadqiq qilish, yurakda qo‘zg‘alishni o‘tkazuvchi tizimda qo‘zg‘alish to‘lqinini paydo bo‘lishi va tarqalish jarayonini tahlil qilish, qorincha fibrillyasiyasi kasalligida yurakning birdan to‘xtab qolish holatini oldindan bashoratlash aniqligini 4-6% ga oshirish va bashoratlash vaqtini 1,5-2 marta qisqartirish imkonini bergan;
yurakning dinamik xaos holatini aniqlash va tahlil qilish dasturiy vositalari «Diyora Shifo Najot Med Servis» MChJda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 33-8/5070-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yurakda qo‘zg‘alishni o‘tkazuvchi tizim regulyator mexanizmlarining dinamik xaos rejimini aniqlash, yurak aritmiyasi kasalligini oldindan tez va aniq tashxislash hamda aritmiya kasalligining xaotiklik darajasini baholash samaradorligini 3-5%ga oshirish imkonini bergan.