Xurramov Alisher G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi manzarali daraxtlarning zamburug‘li kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx172.
Ilmiy rahbar: Xolmurodov Erkin Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shamil` Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Zufarov Mirakbar Abzalovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi manzarali daraxtlarning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarining tur tarkibi, ularning bioekologik xususiyatlari va zararlash darajasini o‘rganish asosida kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larga qarshi ilmiy asoslangan samarali kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent shahri va viloyati sharoitida manzarali daraxt turlarida tarqalgan kasallik qo‘zg‘atuvchi fitopatogen zamburug‘larning zaralash darajasi aniqlangan;
Toshkent shahri va viloyati sharoitida manzarali daraxtlarda uchragan mikromisetlarning 4 ta bo‘lim, 7 ta sinf, 11 ta tartib, 14 ta oila, 31 ta turkum, 71 ta tur va 3 ta shaklga mansub turlari aniqlangan;
manzarali daraxtlarning asosiy kasalliklaridan: ildiz chirishlar, turli xil dog‘lanishlar, un-shudring va zang kasalliklari aniqlangan;
manzarali daraxtlarning asosiy kasalliklariga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik va iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilgan;
manzarali daraxtlarning kasalliklariga qarshi ilmiy asoslangan samarali kurash choralarini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi manzarali daraxtlarning zamburug‘li kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari asosida:
Manzarali daraxtlarni ko‘chatzorlarda ko‘paytirishda zamburug‘li kasalliklarga (un-shudring) qarshi Ridomil Gold MS 68% s.d.g., fungisidi 2,5 kg/ga sarf-me’yorida qo‘llash «Saksonota» davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasida 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 dekabrdagi 04/224-329-son ma’lumotnomasi). Natijada, manzarali daraxtlar ko‘chatlarining zambrug‘li kasalliklariga qarshi qo‘llanilgan preparatlarning biologik samaradorligi 90,8%ni tashkil etgan.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ekilgan manzarali daraxtlarning rivojlanish davrida zamburug‘li kasalliklariga qarshi fungisidlardan Previkur SL 722 s.d.g., 1,5 l/ga, Topsin M 70% n.kuk., 1,5 kg/ga sarf-me’yorida qo‘llash «Darxan» tajriba xo‘jaligida 0,5 gektar ko‘chatzor maydoniga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 dekabrdagi 04/224-329-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘chatzorlarda gektariga nazoratga nisbatan 2540 dona qo‘shimcha ko‘chat saqlab qolishga erishildi va iqtisodiy samaradorlik yiliga o‘rtacha 9010000 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish