Xametov Zamirbek Muxtorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft` shlamlarining kolloid-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olib ularni utilizatsiyaga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/T1498. 
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdugaffor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Norbek Xudaynazarovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uglevodorod chiqindilarini suvdan va turli mexanik qo‘shimchalardan tozalash va neftshlamlarni dastlabki qayta ishlashga tayyorlashning energiya tejamkor texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrotsiklon ichidagi turbulent oqim xisobiga 25 mkm (91%)gacha bo‘lgan mexanik qattiq zarrachalarning koagulyasiya samaradorligi va ularning dispersligining o‘zgarishi aniqlangan;
30/70 nisbatda erituvchi qo‘shilganda neftshlamning kinematik qovushqoqlik koeffisienti 1,4 mm2/s teng bo‘lib, mayda dispers zarralarning turbolent oqim ta’sirida mexanik koagulyasiyalanishi va yiriklashishi aniqlangan;
neftshlamning mexanik mayda dispers zarrachalarni yuqori darajada tozalashni ta’minlaydigan (99% gacha) va gidrotsiklon ichidagi turbulent oqimi hisobiga qattiq zarrachalarning yiriklashish asosida ularni ajratishning samarador usuli ishlab chiqilgan; 
oqimning 10÷20 m/s oraliqdagi tezliklarda gidrodinamik rejimlarining neftshlamlarning har xil qo‘shimchalardan tozalanish samaradorligiga ta’siri aniqlangan;
neftshlam suspenziyasidan suv va mexanik qo‘shimchalarni ajratish uchun vakuum hosil qiluvchi samaradorli gidrotsiklon uskunasi ishlab chiqilgan;
neftshlamlarni qayta ishlashga tayyorlash jarayonining optimal sharoitlari: neftshlam va erituvchining nisbati 70/30, kinematik qovushqoqlik koeffisienti – 1,40 mm2/s, eritilgan neftshlamining kirish tezligi – 20 m/s; aralashtirish jarayonining temperaturasi – 600S va aralashtirish davomiyligi – 60 daqiqa ekanligi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Neft` shlamlarini kolloid-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olib ularni utilizatsiyaga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft` shlamlarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha VIII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiya va loyihalar yarmarkasida «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ bilan xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (25.04.2014 y., №14/10). Natijada, neftni qayta ishlash zavodi hududidagi ekologik muhitning ifloslanishini bartaraf qilish imkonini bergan;
neft` shlamlarini mexanik qo‘shimchalardan tozalash texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 13 yanvardagi 03-17-5-250-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftshlami tarkibidagi mexanik qo‘shimchalarning miqdorini 34% dan 0,02% ga kamaytirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish