Oripova Nodira Xikmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindromli o‘tkir koronar sindromi bilan xastalangan bemorlarni davolashni takomillashtirish», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot. (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib734.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdugaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindrom fonida rivojlanayotgan o‘tkir koronar sindrom bilan xastalangan bemorlarning yallig‘lanish reaksiyalari faoliyatini o‘rganish, yallig‘lanishga qarshi turli strategiyalarning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MS fonida rivojlangan O‘KS bilan xastalangan bemorlarda endoteliyning funksional holati buzilishi bilan bog‘lanadigan tizimli yallig‘lanish reaksiyasining faollashishi va yurakning chap hamda o‘ng bo‘lmalarida sistolik va diastolik funksiyalari buzilishi bilan miokardning tarkibiy-funksional qayta tiklanishi aniqlangan;
MS fonida rivojlangan O‘KS bilan xastalangan bemorlarda simptom bilan bog‘liq arteriyalar stentlanganidan keyin va asosiy terapiya fonida atorvastatinni qo‘llagan holda yallig‘lanishga qarshi va gipolipidemik ta’sirdan tashqari miya natriy uretik peptid (MNUP) konsentratsiyasi kamayishi bilan namoyon bo‘lishi, olti daqiqalik yurish test sinovida masofaning ortishi (TShX-OYuT), vazodilatatsiyaga bog‘liq endoteliy darajalari (EZVD), chap qorincha hajmining kamayishi, miokardning sistolik va diastolik funksiyalari va miokard faoliyati integral ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi va o‘pka arteriyasida bosimning kamayishi bilan yurak-qon tomir tizimining tarkibiy-funksional jihatdan qayta tiklanishining ishonchli ijobiy dinamikasi aniqlangan;
terapiyaning barcha ijobiy natijalari, shu jumladan ishemiyaga qarshi (stress-exokardiografiya (stress-ExoKG) natijalari bo‘yicha), atorvastatinning past dozada (20mg/kuniga) qo‘llanilishiga qaraganda yuqori dozada (80mg/kuniga) qo‘llanilishining samaradorligi asoslangan; 
atorvastatinning yallig‘lanishning oldini oluvchi sitokinlar konsentratsiyasi, EZVD, o‘ng qorinchaning sistolik funksiyasiga (TAPSE) ta’siri ko‘pincha tizimli yallig‘lanish faolligi yuqori bo‘lgan  bemorlarda kuzatilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindromli o‘tkir koronar sindromi bilan xastalangan bemorlarni davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qandli diabet mavjudligi bilan bog‘liq holda beqaror, o‘zgaruvchan stenokardiya bilan kasallangan bemorlarni davolash taktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 oktyabrdagi 8n–p/209-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘tkir koronar sindromini tashxislash tartibini takomillashtirish imkonini bergan; 
o‘tkir koronar sindromi bilan xastalangan bemorlarni davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax va Buxoro filiallarida amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n–p/240-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni klinik amaliyotga joriy etish MS fonida O‘KS bilan xastalangan bemorlarni davolash sifatini yaxshilash va jonlantirish va terapiya bo‘limlarida davolanish muddatini qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish