Yusupova Umida Masharifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ruqdan keyingi davrda bachadon ichi spirali qo‘yilgan ayollarda asoratlarni prognozlash va oldini olish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib58.
Ilmiy rahbar: Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Hamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ruqdan keyingi davrdagi asoratlarni aniqlash va ularni tug‘ruqdan keyingi davrda bachadon ichi kontratsepsiyasidan foydalanuvchi ayollarda prognozlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor BIS postplatsentar, tug‘ruqdan so‘ng 48 soat ichida va 40 kundan keyin qo‘yilgan ayollarda asoratlar rivojlanishining xavfi bachadon ichi vositasini qo‘yilish vaqtiga va yallig‘lanish jarayonlarini kelib chiqishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
bachadon ichi spirali qo‘llanilish muddatiga ko‘ra yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar va NO-ergik tizimidagi o‘zgarishlar bachadon ichki muhitini salbiy tomonga o‘zgartirishi va natijada o‘tkir yallig‘lanish jarayonlariga olib kelishi isbotlangan;
limfotsitar trombotsitar adgeziya miqdorining pasayishi kichik chanoq bo‘shlig‘i a’zolarining yallig‘lanish jarayonlariga olib kelishi va shu asosida immunokomponent hujayralarning yallig‘lanish o‘chog‘iga harakatining ortishi aniqlangan;
bachadon ichi vositasini tug‘ruqdan keyin postplatsentar, 48 soat ichida va 40 kundan keyin kiritilganda asoratlar rivojlanish xavfini baholash uchun prognostik jadval turli xavf omillari birga kelganda asoratlar rivojlanish ehtimolligini miqdoriy baholash imkonini berib, asoratlar rivojlanmasligi ehtimolligi xavfning summar ko‘rsatkichi (11,4-36,2)gacha past diapazonda, (22,8–72,4) o‘rtacha diapazonda, (72,5–108,5) yuqori diapazonda asorat rivojlanish ehtimolligi bo‘lishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tug‘ruqdan keyin turli muddatlarda bachadon ichiga BIS kiritilganda kelib chiquvchi asoratlarni erta aniqlash va tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bachadon ichi kontratsepsiyasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 oktyabrdagi 8n-d/216-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma asorat belgilarining rivojlanishiga olib keladigan asosiy omillar, ularning rivojlantirish mexanizmini aniqlash imkonini bergan; 
tug‘ruqdan keyingi davrda bachadon ichi spirali qo‘yilgan ayollarda asoratlarni prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati Perinatal markazi va Andijon shahar 1-tug‘ruq kompleksi faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 oktyabrdagi 8n-d/216-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar BISdan postplatsentar, tug‘ruqdan so‘ng 48 soat ichida va 40 kundan kiritilishini, shu davrlar mobaynida kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish asoratlarini erta aniqlash, shuningdek BISni kiritish uchun eng xavfsiz muddatlarni belgilash va asoratlarning oldini olishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish