Rayimov Avaz Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maynaning Janubi-G‘arbiy Qizilqumda tarqalishi, ekologiyasi va ahamiyati», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/B245.
Ilmiy rahbar: Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, dotsent;  Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubi-G‘arbiy Qizilqumda maynaning tarqalishi, ekologiyasi va ahamiyatini aniqlash hamda uning sonini boshqarish va biozararlanishdagi ishtirokini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubi-G‘arbiy Qizilqumda maynaning turli yashash muhitlari (aholi yashash punktlari, agrotsenozlar, madaniy landshaftdagi antropogen elementlar) bo‘ylab tarqalishi va uni belgilovchi omillar aniqlangan;
vohadagi madaniy landshaftlarda maynaning soni va uning mavsumiy dinamikasi aniqlangan;
turli yashash muhitlari va yil fasllari kesimida maynaning ozuqa spektri aniqlangan va uning mavsumiy o‘zgaruvchanligi ochib berilgan;
ilk bor lokal vohalarda maynaning ko‘payishi va qishlash davridagi ekologik va etologik xususiyatlari asoslangan;
maynaning sinantropizatsiyalanishida adaptiv reaksiyalarning o‘rni va ahamiyati baholangan;
maynaning biotsenotik munosabatlardagi va biozararlanishdagi ishtiroki, tabiatda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati aniqlangan hamda uning sonini boshqarish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maynaning Janubi-G‘arbiy Qizilqumda tarqalishi, ekologiyasi va ahamiyati yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
maynaning biozararalanishdagi ishtirokini kamaytirish maqsadida uning sonini boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar, O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar sport birlashmasining Buxoro viloyat hududiy bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar sport birlashmasining 2019 yil 28 yanvardagi 20-son ma’lumotnomasi). Natijada maynaning sonini boshqarishda unga bilvosita ta’sir qilish usullarini qo‘llash (ozuqa resurslaridan mahrum qilish, uya qurishi uchun noqulaylik yaratish) orqali maynaning sonini kamaytirish imkonini bergan;
O‘zbekistonning cho‘l zonasida maynaning hisobini va kadastrini yuritish, uning salbiy ta’sirining oldini olish va sonini boshqarish bo‘yicha  ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 7 fevraldagi 03-02/3-642-son ma’lumotnomasi). Natijada maynaning hisobini va kadastrini yuritish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish