Madaminov Ruslan Ramanberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stress faktorlarning kuzgi bug‘doy rivojlanishiga ta’sirini masofadan olingan ma’lumotlar yordamida baholash», 03.00.07–O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V248. 
Ilmiy rahbar: Usmanov Rustam Maxmudovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O‘zbekiston Milliy Universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Davronov Kodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Qurbonboev Ilxom Jumanazarovich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli stress faktorlarning kuzgi bug‘doy rivojlanishi va fiziologik jarayonlariga ta’sirini masofadan olingan ma’lumotlar asosida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kuzgi bug‘doyning o‘sish va rivojlanishiga turli stress faktorlarning ta’sirini baholashda aerokosmik suratlar asosida ishlab chiqilgan vegetatsion spektral indekslar aniqlangan;
suv tanqisligi va tuproq sho‘rlanishi omillarining kuzgi bug‘doy o‘sishi, rivojlanishi va hosildorlik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’siri spektral indekslar asosida isbotlangan;
kuzgi bug‘doyning rivojlanish ko‘rsatkichlari tegishli spektral indekslar yordamida baholangan va geoaxborot tizimi texnologiyalari asosidagi sxematik xaritalari ishlab chiqilgan;
ilk bor respublikamiz sharoitida turli stress faktorlar ta’siri ostida kuzgi bug‘doy rivojlanish ko‘rsatkichlari va spektral indekslar qiymatlari orasida ijobiy korrelyasiya aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Stress faktorlarning kuzgi bug‘doy rivojlanishiga ta’sirini masofadan olingan ma’lumotlar yordamida tahlil qilish va baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
masofadan zondlash metodlarini qo‘llagan holda kuzgi bug‘doy o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan sho‘rlanish va suv tanqisligi stress faktorlari yuzaga kelish holatlarini erta bosqichlaridayoq aniqlash Xorazm viloyatining Urganch tumanida 26 gektar va Xiva tumanida 31 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 02/021-2828-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu stress omillarni o‘z vaqtida bartaraf qilishga erishilgan va hosildorlik fermer xo‘jaliklarida gektariga o‘rtacha 3,5 sentnerga oshirish imkonini bergan;
tuproq sho‘rlanishi va suv tanqisligini aniqlash bo‘yicha spektral indekslar tahlili asosida ishlab chiqilgan raqamli xaritalar Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 18 noyabrdagi 01/07-31-son ma’lumotnomasi). Natijada faqat zarur vaqtlardagina sug‘orish ishlari amalga oshirilib, fermer xo‘jaliklari maydonlarida gektariga o‘rtacha 4000 dan 5000 m3 suvni tejash va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish