Imomova Mukammal Ermuxamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashqi iqtisodiy faoliyatda neft mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash», 02.00.09–Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K237. 
Ilmiy rahbar: Abdug‘aniev Baxtiyor Yormaxamatovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01. 
Rasmiy opponentlar: Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Isakov Muxamedjan Yunusovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasiga import va undan eksport kilinayotgan neft mahsulotlari kimyoviy tarkibini aniq, tezkor, yuqori samaradorlikka ega infraqizil spektroskopiya va xromato-mass-spektrometriya usullarini qo‘llagan holda TIF TN kodlarini to‘g‘riligini belgilovchi usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xromato-mass-spektrometr, induksion bog‘lovchi plazmali mass-spektrometr, IK spektroskop va mass-spektrometr uskunalari yordamida motor va surkov moylarining tarkibi va tuzilishini kompleks tarzda aniqlash imkonini beruvchi uslub ishlab chiqilgan;
ilk bor motor va surkov moylarini mineral, yarimsintetik va sintetik turlarini analitik tahlillarning optimal shartlarini o‘z ichiga olgan usullar ishlab chiqilgan;
ilk bor motor va surkov moylarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha identifikatsiyalash uchun xromato-mass-spektrometr va IQ-fur`e spektroskopning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash imkonini beruvchi metrologik sertifikatlash dasturi ishlab chiqilgan;
ilk bora respublikaga import qilinayotgan motor va surkov moylarining TIF TN kodlarini to‘g‘ri belgilash mezonlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
motor moylari va surkov materiallarini ekspertiza qilishda tezkor, ishonchli va aniq bo‘lgan tahlil uslubi Davlat bojxona qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasininng 2019 yil 30 noyabrdagi 1/16-593-son ma’lumotnomasi). Natijada uning asosida bojxona organlarida motor moylarini eksport va import qilishda kimyoviy tarkibiga ko‘ra to‘g‘ri sinflash va sertifikatlash imkonini bergan.
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha motor moylari va boshqa turdagi surkov moylari uchun 2710198201, 2710198209, 3403191001, 3403191009 raqamli  tovar kodi Davlat bojxona qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasininng 2019 yil 30 noyabrdagi 1/16-594-son ma’lumotnomasi). Natijada bojxona statistikasini to‘liq va to‘g‘ri yuritilishiga, bojxona to‘lovlarini tushuvchanligini oshishiga, bojxona bojlari va aksiz solig‘i stavkalarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
neft mahsulotlarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflashga kompleks yondashuvni tashkil etuvchi xromato-mass-spektrometr va IQ–fur`e spektrometrning to‘g‘ri ishlashini ta’minlovchi metrologik sertifikatlash dasturi Davlat bojxona qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasininng 2019 yil 30 noyabrdagi 1/16-595-son ma’lumotnomasi). Natijada bojxona faoliyatini integratsiyalashgan iqtisodiy majmua sifatida takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish