Yuldasheva Nigora Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuzli stress sharoitida o‘stirilgan saflor va uch turdagi krambe urug‘larining lipidlari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/K136.
Ilmiy rahbar: Gusakova Svetlana Dmitrievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fozilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Boboev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘li saflor va uch turdagi krambe o‘simliklari urug‘i lipidlari, yog‘ kislotalari tarkibini va tuz stressi sharoitida ularning o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Orol dengizi hududidan keltirilgan ochiq gruntda va issiqxonada etishtirilgan, turli sho‘rlanish darajasidagi suvlar bilan sug‘orilgan, Carthamus tinctorius L. (saflor), Crambe abyssinica Hochst, C. amabilis L. va C. kotschyana Boiss. o‘simliklari urug‘larining neytral, qutbli lipidlari va yog‘ kislotalari hamda tuz stressi ta’sirida lipidlar tarkibidagi farqlar va ularning o‘zgarishi aniqlangan;
sho‘rlangan sug‘orish suvi ta’siri ostida lipidlarning miqdoriy o‘zgarishiga ko‘ra, neytral lipidlar miqdori kamayishi qutbli lipidlar ulushi ortishi va yog‘ kislotalarining to‘yinmaganlik yig‘indisi kamayishi asoslangan;
grunt saflori urug‘ining lipidlarida maxsus izomer trans-9, trans-11-linol kislotasi miqdori sug‘orish suvlarining sho‘rlanish darajasi oshishi bilan ortib borishi aniqlangan, shu asosda uni saflorning tuzga ko‘nikishida belgi (marker) sifatida qo‘llash mumkinligi isbotlangan.
saflor va uch turdagi krambening o‘rtacha darajada EC= 6,0 dS/m-1 sho‘rlangan suv bilan sug‘orishga moslashishi va tarkibida yuqori miqdordagi yog‘, karotinoidlar, biologik faol lipofil birikmalar va to‘yinmagan yog‘ kislotalari (ω6- 18:2, 11-sis-20:1, 13-sis-22:1) mavjud yashovchan urug‘larni berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuzli stress sharoitida o‘stirilgan saflor va uch turdagi krambe urug‘larining lipidlari biologik va fiziologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oziq-ovqat uchun o‘simlik yog‘ini olish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 04162, 2010 y). Natijada saflor moyini olishning yangi sanoat usuli ishlab chiqilgan bu yuqori sifatli kislota soni kam ozuqa moyini olish va sanoat uskunalarining ish unumdorligini oshirish imkonini bergan;
yod soni ko‘rsatkichiga qarab paxta va saflor moylari 50:50 nisbatidagi aralashmasida saflor moyi massa miqdorini o‘lchash qo‘llanmasi «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Oʻz OʻU №416:2009). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
Asteraceae va Brassicaceae oilasi o‘simliklarining tuz stressiga ko‘nikish jarayonida lipidlarning rolini tahlil qilish va ma’lumotlarni umumlashtirishda impakt-faktori yuqori bo‘lgan (IF, ResearchGate) ilmiy xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalarda (Journal Citation Reports: Journal of Agronomy and Crop Science, 2015, Vol. 201, No 5, P.368 IF 2.57; Annals of Applied Biology, 2013, Vol. 163, No 2, P.170 IF 2.046; The Crop Journal, 2015, Vol. 3, No 1, P.57 IF 3.179; American Journal of Plant Sciences, 2015, Vol.6, No 07, P. 839, IF 3.719; Industrial Oil Crops,2016, Ch.7, P.195 ; Agronomy for Sustainable Development, 2016, 36:6, IF 4.263; Industrial Crops and Products, 2013, Vol.50, P.797, IF 4.191) foydalanilgan. Ilmiy natijalar asosida chop etilgan ma’lumotlar lipidlar tuzilishini aniqlash, yog‘ kislotalari va lipofil birikmalarni identifikatsiyalash hamda o‘simlik lipidlari bo‘yicha ilmiy materiallarni umumlashtirish imkonini bergan.