Kenjaev Davron Rajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Past zichlikka ega bo‘lgan polietilenni mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalashning texnologik jarayonini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1388.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Nomurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision polimer materiallar ishlab chiqarishda oksalat va tereftalat kislotalar hosilalarining nanozarrachalarini hamda yog‘och materiallar uchun tarkibida fosfor, azot va metall tutgan oligomer antipirenlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida mis (II), magniy va alyuminiy oksalatlarining nanozarrachalari sintez qilingan;
mahalliy xomashyolar asosida mis (II), magniy va alyuminiy va kobal`t tereftalatlarining nanozarrachalari sintez qilingan;
mahalliy xomashyolar asosida tarkibida fosfor, azot va metall saqlagan – AA41, MA41, SA41, RA41, AA101, MA101, SA101, RA101 markali antipiren oligomerlar sintez qilingan;
sintez qilingan nanozarrachalarning o‘lchami rentgenfazaviy analiz va SEM usuli yordamida aniqlangan;
sintez qilingan nanozarrachalarning tarkibi va tuzilishi IQ-spektroskopiya, DSK, SEM usullari yordamida aniqlangan;
mis (II), magniy va alyuminiy oksalatlar asosida polimer kompozit materiallari olingan hamda ularning xususiyatlari aniqlangan;
AA41, MA41, SA41, RA41, AA101, MA101, SA101, RA101 markali antipiren oligomerlarining yong‘inga chidamliligi, antikorrozion va fizik-mexanik xususiyatlari aniqlangan hamda yangi turdagi antikorrozion qoplama tarkiblari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida nanokompozit poliolefinlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polimer kompozitlari olish jaryonida sintez qilingan nanoto‘ldiruvchilardan OT-F7-34 raqamli «Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar sintezi va ular yordamida ba’zi d-metallarni ajratishning nazariy asoslari» mavzusidagi loyihada ekstragent sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 dekabrdagi 89-03-4678-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida samarali ionitlar olish imkonini bergan;
maishiy polimer chiqindilari asosida nanokompozit poliolefinlar olish texnologiyasi «BioTexnoEko» MChJ maishiy chiqindilarni qayta ishlash korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 11 dekabrdagi 02-02/8-1685-son ma’lumotnomasi). Natijada ikkilamchi polietilen mahsulotlaridan olingan polimer nanokompozitlarni birlamchi polietilen mahsulotlari o‘rnida qo‘llash imkonini bergan.