Babina Anastasiya Evgen`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za o‘simligini etishtirish uchun kompleks ta’sir etuvchi RIZOKOM-1 va SERHOSIL biopreparatlari», 03.00.12–Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/V40.
Ilmiy rahbar: Djumaniyazova Gul`nara Ismailovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuxamedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Kadirova Gulchexra Xakimovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompleks ta’sir qiluvchi RIZOKOM-1 va SERHOSIL biopreparatlariga asoslangan sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za etishtirish uchun yangi resurstejovchi bioagrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sho‘r yuvishning sho‘rlangan tuproqlardagi mikrobli uyushmasi, biologik faolligi va agokimyoviy tarkibiga salbiy ta’siri aniqlangan;
ilk bor sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za etishtirishda RIZOKOM-1 va SERHOSIL biopreparatlarini majmuaviy qo‘llash natijasida agonomik jihatdan muhim bo‘lgan tuproq mikroorganizmlari, biogen elementlari va o‘simlik oziqlanishi balansining normallashishi isbotlangan;
ilk bor sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za etishtirishda RIZOKOM-1 va SERHOSIL biopreparatlarini majmuaviy qo‘llanish natijasida sho‘rlangan tuproqlar ishqoriy rN qiymati me’yorlashishi, sho‘rlanish darajasining pasayishi, tuproq va o‘simliklar namlikni ushlab qolish xususiyatining oshishi, sho‘rlangan tuproqlar hosildorligi va g‘o‘zaning mahsuldorligining oshishi asoslangan;
ilk bor sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za etishtirilganda foydali tuproq mikrobli uyushmasi, biogen elementlarni va o‘simlik oziqlanishi o‘rtalarida kuchli tafovut bog‘liqligi aniqlangan;
RIZOKOM-1 biopreparatining qo‘llanilishi g‘o‘za o‘simligining urug‘lariga ishlov berishda kimyoviy fungisidlarga alternativ variant sifatida va SERHOSIL biopreparati g‘o‘za o‘simligining barglari orqali oziqlantirilganda mineral o‘g‘itlarga alternativ variant sifatida qo‘llanilishi mumkinligi aniqlangan;
sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za etishtirishning yangi bioagrotexnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompleks ta’sir qiluvchi RIZOKOM-1 va SERHOSIL biopreparatlaridan tashkil topgan bioagotexnologiyani yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompleks ta’sir etuvchi RIZOKOM-1 biopreparat uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts28100192-003:2018). Natijada sho‘rlangan degradatsiyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini, g‘o‘za o‘simligi hosildorligini va paxta tolasi sifatini oshirish imkonini bergan;
SERHOSIL biopreparati uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts28100192-005:2018). Natijada fotosintez jarayonini yaxshilash va barglarning fotosintetik yuzasini, o‘simliklarning atrof-muhit ekstremal sharoitlariga adaptatsiyasini, ularni qurg‘oqchilikka va sovuqqa bardoshliligini oshirish imkonini bergan;
sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za etishtirishda RIZOKOM-1 va SERHOSIL biopreparatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat etilgan (2019 yil 27 fevraldagi 1A 1806; 1A 1808 guvohnomalari). Natijada sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za etishtirishning yangi resurstejovchi bioagrotexnologiyani ishlab chiqish imkonini bergan;
sho‘rlangan erlarda g‘o‘za hosildorligini oshirish uchun RIZOKOM-1 va SERHOSIL biopreparatlari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Suvchi mirob dalasi” fermer xo‘jaligida o‘rta va kuchli sho‘rlangan 2,5 gektar g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi 02/020-294-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za rivojlanishi yaxshilangan hamda hosildorlikni o‘rtacha 7,5 s/ga ga oshirish imkonini bergan;
RIZOKOM-1 va SERHOSIL biopreparati Sirdaryo viloyatining “Xurshid Raxmatulla xamkor” va “Mardlar do‘stlik dalasi” fermer xo‘jaliklarining g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi 02/020-294-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za maydonlarining har gektaridan qo‘shimcha 7,5-10,0 s/ga hosil olish imkonini bergan.