Murtazaev Eshmurod Mustafaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda quruvchi kasbiga oid kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish (Qurilish-pardozlash ishlari ustasi ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped137.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar ta’limi umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitishda o‘quvchilarning quruvchi kasbiga oid kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak quruvchi mutaxassislar malaka tavsiflari xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning kasbiy motivatsiyasini oshirishda kompetensiyaviy yondashuvni tizimli va maqsadli qo‘llash orqali texnik fikrlash, texnologik echim va kasbiy mas’uliyatni namoyon etuvchi kompetentlik (inshootni ixchamlashtirish va me’yoriy-tashxis) mazmuni ochib berilgan;
o‘rta bo‘g‘in quruvchi mutaxassislarini tayyorlashda maxsus fanlar mazmuniga me’morchilik madaniyati xususiyatlari (bezak san’ati, kompozisiya, konstruksiya va tektonika)ni majmuaviy singdirish orqali qurilish loyihalarini rejalashtirish, 3D modellashtirish va adekvat sifat ko‘rsatkichlarni aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari (qulaylik va strategik) kengaytirilgan;
kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarda quruvchi kasbiga oid dizaynerlik, intellektuallik va axborotlilik kabi kasbiy mahorat elementlarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol ta’lim metodlar (“cascade”, “up-stairs” va “coaching”)ni qo‘llash orqali maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
professional ta’lim jarayonida umumkasbiy va maxsus fanlarning o‘zaro kesishuvchan integratsiyasini ta’minlash va kasbiy bilimlarni sintezlash asosida kasbiy tayyorgarlikni baholash mezonlari (motivatsion, faoliyatli va kreativlik) va ta’lim resurslarini ishlab chiqish orqali axborot-didaktik ta’minot (mazmun va natija) takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb-hunar ta’limi maxsus fanlarini o‘qitishda o‘quvchilarning quruvchi kasbiga oid kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining quruvchi kasbiga oid kompetensiyalari: ijodkorlik, yaratuvchanlik, dizaynerlik, intellektuallik, axborotlilik va izlanuvchanlik kabi tarkibiy elementlariga oid takliflar 2016 yil 6 apreldagi 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 3340202-“Qurilish-pardozlash ishlari ustasi” va 3340801-“Avtomobil` yo‘llari, ko‘priklar, sun’iy inshootlari qurilishi va aerodromlar bo‘yicha texnik”, “Bino va inshootlar bo‘yicha texnik-arxitektor” va “Umumqurilish ishlari” ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3981-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar zamonaviy talablarga mos holda bo‘lajak quruvchi mutaxassislarni tayyorlash jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
bo‘lajak quruvchi mutaxassislarining qurilish loyihalarini tashxislash, rejalashtirish va adekvat sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash ko‘nikmalari majmui va quruvchi kasbiga oid kompetensiyalarining shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari o‘quv innovatsion majmualar va fan dasturlarining o‘zaro aloqadorligi asosida takomillashtirish amaliyotiga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘quv-metodik birlashmalarni”ning 2015 yil 25 dekabrdagi 1-sonli yig‘ilish bayonnomasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3981-son ma’lumotnomasi). Mazkur fan dasturlari kasb-hunar kollejlarining quruvchi sohasiga oid mutaxassislik fanlarining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasb-hunar kollejlarida ta’lim muhitini loyihaviy va tizimli yondashuvlar asosida tashkil etish va interfaol ta’lim texnologiyalari (“cascade”, “up-stairs” va “coaching”)ni qo‘llash orqali maxsus fanlarni o‘qitishga oid takliflardan takomillashtirilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3981-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak mutaxassislarni quruvchi kasbiga oid kompetensiyalarini rivojlantirish o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirishga hizmat qilgan.