Musaeva Nodira Nizomovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzluksiz kasb-hunar ta’lim tizimida o‘qitish uzviyligini ta’minlash texnologiyasi”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Ped68.    
Ilmiy maslahatchi: Olimov Kaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagogik   kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudayberidievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  “kollej – oliy ta’lim muassasalari” uzluksiz professional ta’lim tizimida umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘qitish uzviyligini ta’minlash texnologiyasini takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim komponentlari (“kollej – oliy ta’lim muassasalari” tizimi) uzviyligi va maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlashga imkon yaratuvchi o‘qitish mazmunining Sharqiy qarashlar tizimi va milliylik tamoyili asosida ta’lim bosqichlari integratsiyasi (o‘zaro bog‘liqlik, yaxlitlik va tizimlilik) shart-sharoitlari (strategik maqsad, rivojlanish dasturi va tahliliy-baholash) mazmunan tizimlashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni o‘qitishda aksiologik va faoliyatli yondashuvlar asosida o‘quv maqsadlarining innovatsion toifalarini sintezlash orqali axborotlashgan jamiyatning ilmiy-texnik taraqqiyot tendensiyalariga moslashtirilgan pedagogik taksonomiya mazmuni (“tasavvur” va “munosabat”) prognostik loyihalashtirilgan;
uzluksiz ta’lim tizimida malakali mutaxassislarni tayyorlashning didaktik ta’minoti (uzviylik texnologiyalari, o‘quv-uslubiy manbalar)ni mantiqiylik va modulli yondashuvlar asosida ishlab chiqish orqali turdosh umumkasbiy va maxsus fanlarini o‘qitish uzviyligini ta’minlashning majmuaviy tuzilmasi komponentlari (maqsad, jarayon va natija) mazmuni takomillashtirilgan;
ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasining unifikatsiyalangan ko‘rsatkichlari (tasavvur, bilim, ko‘nikma va malaka) va o‘quv maqsadlarining differensiallash asosida uzluksiz professional ta’limda turdosh fanlarning tayanch tushunchalar tizimini integratsiyalash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining mazmuniy va qiyosiy ko‘rsatkichlarini o‘zaro qarama-qarshi zanjir reaksiyasi va kreativlik tamoyillari asosida maqbullashtirish orqali o‘quv jarayonini loyihalashda ta’lim oluvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarining diagnostik, qulaylik, ixchamlik imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uzluksiz professional ta’lim tizimida o‘qitish uzviyligini ta’minlash texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
professional ta’lim komponentlari uzviyligi va maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlashga imkon yaratuvchi o‘qitish mazmunining Sharqiy qarashlar tizimi va milliylik tamoyili asosida ta’lim bosqichlarini integratsiyalashga doir tavsiyalardan «Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash va optimallashtirish texnologiyalari» (2012–2020) amaliy mavzudagi loyiha, “O‘rta Osiyoda kasbiy ta’lim va o‘qitish dasturi” (2011–2012) mavzuidagi xalqaro grant doirasida ilmiy ishlanmalar, o‘quv-metodik tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish hamda milliylik tamoyillari asosida ta’lim uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga oid yondashuvlarni takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 89-03-615-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar «kollej – oliy ta’lim muassasasi» tizimida o‘qitishning uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘quv maqsadlarining innovatsion toifalarini sintezlash orqali axborotlashgan jamiyatning ilmiy-texnik taraqqiyot tendensiyalariga moslashtirilgan pedagogik taksonomiya mazmunini loyihalashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 17 avgustdagi 392-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Pedagogik texnologiya» darsligi ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 17 sentyabrdagi 392-son buyrug‘i, 392-86 raqamli guvohnomasi). Ushbu darslik pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligini va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasining unifikatsiyalangan ko‘rsatkichlari va o‘quv maqsadlarnini differensiallash asosida uzluksiz professional ta’limda turdosh fanlarning tayanch tushunchalar tizimini integratsiyalash texnologiyasi «Uzluksiz kasb-hunar ta’limi tizimida materiallar majmuasini ishlab chiqish texnologiyasi»,  «Neft`-gaz sohasida ishlab chiqarishning metrologiya ta’minoti» o‘quv-uslubiy ta’minot  mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 89-03-615-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv-metodik ta’minot o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv vaqtini optimallashtirish va ta’lim sifatini 23% ga oshirishga xizmat qilgan;
fanlarning mazmuniy va qiyosiy ko‘rsatkichlarini o‘zaro qarama-qarshi zanjir reaksiyasi va kreativlik tamoyillari asosida maqbullashtirish, o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasining unifikatsiyalangan ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga oid ilmiy ishlanmalardan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Jizzax politexnika instituti, Buxoro «neft` va gaz sanoati» kasb-hunar kolleji, Peshku «sanoat, transport va aloqa» kasb-hunar kolleji, Navoiy konchilik kollejida umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining me’yoriy hamda uslubiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 89-03-615-son ma’lumotnomasi). Ushbu ishlanmalar uzluksiz professional ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning metodik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish