Usmanov Zakir Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston transport tizimining hududiy tashkil etilishi va uni takomillashtirish», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Gr13.
Ilmiy rahbar: Qayumov Abduhakim Abduhamidovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.05.2018.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Cafarov Bahodir Shahriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Raximjon Boltaboevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston avtomobil` va temir yo‘l transportining hududiy tashkil etilishini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda transport tizimining hududiy jihatdan samarali tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning (transport-geografik o‘rni, transport-geografik tortishuvi va aglomeratsiyalashuv jarayonlarning (qonuniyatlarning)) ta’siri aniqlangan va baholangan;
O‘zbekiston transport tizimining hududiy tashkil etilishining samaradorligini oshirishda iqtisodiy geografik yondashuv asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar (transport tizimining faoliyatini optimallashtirish, aglomeratsion yondashuvni qo‘llash, transportsig‘imkorligini hisobga olish) ishlab chiqilgan;
hududlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar hamda mamlakatimizning istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish parametrlarini hisobga olgan holda avtomobil` transportida yuk aylanmasi hajmining o‘sishi ko‘rsatkichlari 2025 yilga qadar prognoz variantlari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish infratuzilmasi yaxshi rivojlangan hududlarda Qorasuv, Termiz, Olot, Qo‘ng‘irot, Sariosiyo yangi transport-logistika markazlarini shakllantirish asoslangan;
hududlarning avtomobil` va temir yo‘llar bilan ta’minlanganligi Styordjessning guruhlashtirish usulida baholangan hamda tabaqalashtirilgan yondashuv asosida turkum transport xaritalari (tuzilgan, ishlab chiqilgan, shakllantirilgan).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika transport tizimining hududiy tashkil etilishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
respublika hududlarning transport-geografik ko‘rsatkichlari (avtomobil` transportida yuk aylanmasi va temir yo‘l transportida yuk tashish hajmi) va iqtisodiy rivojlanganlik darajasi (yalpi hududiy mahsulot ko‘rsatkichi) orasidagi korrelyasion bog‘liqligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalaridan Iqtisodiyot vazirligi tomonidan O‘zbekiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid dasturlarni tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 27 martdagi AD-4-2/20-341-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarning iqtisodiy salohiyatiga transport geografik omilining ta’sirini baholash imkonini bergan;
hududlarning avtomobil` yo‘llar bilan ta’minlanganligini baholashning transport-geografik ko‘rsatkichlar (avtomobil` yo‘llar maydonining viloyatlar hududiga, aholi soniga, yuk tashish hajmiga, YaHMga nisbatan zichligi) asosida takomillashtirilgan integral metodikasi hamda Styordjessning guruhlashtirish usuli yordamida yaratilgan maxsus transport turkum xaritalaridan Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazida amaliyotga joriy etilgan (Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazining 2018 yil 9 apreldagi 1/1-312-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarining, transport-kommunikatsiya tizimlarini (avtomobil` transporti infratuzilmasi bilan) zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilishda er-kadastr ishlarini oqilona bajarish imkonini bergan;
respublika shaharlarining transport tuguni iqtisodiy geografik funksiyasi shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va shu asosda ishlab chiqilgan mamlakat transport tizimida logistika markazlarining to‘rini tarmoqlashtirish bo‘yicha (Qorasuv, Termiz, Olot, Qo‘ng‘irot, Konimex, Sariosiyo) takliflar Iqtisodiyot vazirligida amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 27 martdagi AD-4-2/20-341-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizdagi transport-logistika infratuzilmasini kengaytirish imkonini bergan;
O‘zbekiston transport tizimining hududiy tashkil etilishining samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflardan Iqtisodiyot vazirligi tizimida tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda tadbiq etilgan (Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 27 martdagi AD-4-2/20-341-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston hududiy-transport tizimlarini takomillashtirish imkonini bergan.