Sabirova Nilufar Tairovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining landshaftlar transformatsiyasiga ta’sirini baholash va geoekologik vaziyatini optimallashtirish», 11.00.01–Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.2.PhD/Gr92.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.05.2018.G.02.07.
Rasmiy opponentlar: O‘razboev Abdukarim Kenderbaevich, geografiya fanlari doktori; Alimqulov Nusratullo Raxmonqulovich, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining landshaftlar transformatsiyasiga ta’sirini baholab, ajratib olingan tayanch tadqiqot uchastkalari doirasida ularning o‘zgarishini aniqlash, tabiiy geografik komplekslar imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ekologik xavfsizligini barqarorlashtirish borasida taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va unga tutash bo‘lgan hududlarning landshaftlar transformatsiyasi masofaviy zondlash (Landsat 4-5 TM EVI, Landsat 7; 8 EVI) metodlari yordamida aniqlangan;  
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga tutash landshaftlarning 1:2000 000 masshtabli va tayanch tadqiqot uchastkalarining yirik (1:200 000) masshtabli landshaft kartalari (Landsat EVI va ArcGIS dan foydalanib) yaratilgan;
ko‘l atrofi agroirrigatsion landshaft komplekslarining o‘zgarish jarayonlarini degradatsiyada baholash tasniflari ishlab chiqilgan;  
ko‘l atrofi landshaft komplekslarining ekologik holatini optimallashtirishda Landsat radiometrik ko‘rsatkichlarni qo‘llash asosida monitoring qilish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining landshaftlar transformatsiyasiga ta’sirini baholash va geoekologik vaziyatini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi atrofining landshaftlar transformatsiyasini baholash Landsat EVI kartalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 11 dekabrdagi 02-02-8693-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘l atrofi erlaridan oqilona foydalanish rejasini takomillashtirish imkonini bergan;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi atrofining 1:2000 000 masshtabli  landshaft kartasi hamda yirik 1:200 000 masshtabli tayanch tadqiqot uchastkalarining landshaft kartalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududining kadastr yig‘ma jildini tayyorlash va hududning joylashishini ifodalovchi batafsil elektron xaritasini ishlab chiqish” vazifalarini bajarishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 11 dekabrdagi 02-02-8693-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘l havzalari va ko‘l atrofi landshaftlaridan maqsadli foydalanish va ularni monitoring qilish imkoniyati yaratilgan;
ko‘p yillik (1990-2018 yillar) aerokosmik (Landsat EVI) suratlar yordamida ko‘l atrofi agroirrigatsion landshaft komplekslarida aniqlangan o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 11 dekabrdagi 02-02-8693-son ma’lumotnomasi). Natijada agroirrigatsion landshaft komplekslarning degradatsiya jarayonini monitoringi va kosmik suratlarini deshifrovka qilish algoritmini takomillashtirish imkonini bergan;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi landshaft kartalarini tuzishdagi kartografik shartli belgilar, landshaft kartalarini tasniflash O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 11 dekabrdagi 02-02-8693-son ma’lumotnomasi). Natijada kartalarning o‘quvchanligini va vizualligini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish