Rasulov Anvar Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi barqaror rivojlanishining geoekologik indikatorlari», 11.00.01–Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Gr2.
Ilmiy rahbar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.05.2018.G.02.07.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Arzimurat, geografiya fanlari doktori; Toshev Xudoynazar Ramazonovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi barqaror rivojlanishining geoekologik indikatorlari hamda ularning ilmiy va amaliy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror rivojlanish tushunchasi, mazmuni va mohiyatiga aniqlik kiritish orqali uning geoekologik jihatlari ochib berilgan; 
xalqaro indikatorlarni global, regional, milliy, lokal tizimlash orqali Quyi Zarafshon okrugining tabiiy geografik xususiyatlariga mos keladigan lokal geoekologik indikatorlar ishlab chiqilgan; 
geoekologik vaziyatni lokal indikatorlar orqali operativ baholashning 1:200 000 masshtabdagi uch o‘lchamli 3D “Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugining geoekologik elektron karta”si yaratilgan; 
Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugida ajratilgan geoekologik rayonlardagi landshaftlar doirasida  ekologik vaziyatni optimallashtirish yo‘llari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi barqaror rivojlanishining geoekologik indikatorlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
xalqaro indikatorlar asosida Quyi Zarafshon okrugining tabiiy geografik xususiyatlariga mos lokal geoekologik indikatorlarni aniqlashga doir ilmiy natijalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining respublikada atrof muhit monitoringining ma’lumotlar bazasini yuritish amaliyotiga joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 29 noyabrdagi 04-02/8-1297-son ma’lumotnomasi). Natijada  Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugidagi geoekologik vaziyatni baholash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
hududdagi geoekologik vaziyatni baholashning 1:200 000 masshtabdagi uch o‘lchamli 3D “Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugining geoekologik elektron karta”si Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 29 noyabrdagi 04-02/8-1297-son ma’lumotnomasi). Natijada hudud geotizimlaridagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini  aniqlash imkonini bergan;
Quyi Zarafshon okrugida vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarni barqarorlashtirishga doir chora-tadbirlar hamda taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 29 noyabrdagi 04-02/8-1297-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy va Buxoro viloyatlarining sanitar-gigienik holatini yanada aniqroq baholash imkonini bergan;
barqaror rivojlanish, uning mazmun va mohiyatiga oid ma’lumot hamda xulosalar asosida “5110500–geografiya o‘qitish metodikasi” bakalavriat talim yo‘nalishi bo‘yicha “Geologiya” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Guvohnoma, №274-028). Natijada bakalavriatning geografiya o‘qitish metodikasi sohasida bilimlarni boyitish va mustahkamlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish