Ravshanov Aliqul Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nozogeografik vaziyatning hududiy xususiyatlari (Samarqand va Navoiy viloyatlari misolida)», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.4.PhD/Gr31
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.05.2018.G.02.07.
Rasmiy opponentlar: Safarov Baxodir Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Muxammedov Odil Lapasovich, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholi kasalliklarining hududiy tarkibi va nozogeografik vaziyatga geografik omillar ta’sirini baholash orqali Samarqand va Navoiy viloyatlarida tibbiy geografik vaziyatlarni yaxshilash bilan bog‘liq ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geoekologik vaziyat va aholi salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish asosida viloyatlardagi tibbiy geografik vaziyat (qulay, nisbatan qulay, nisbatan noqulay, noqulay, o‘ta noqulay darajalarda) baholangan va shu asosda aholi kasallanishining hududiy tafovutlari (tumanlar kesimida) ochib berilgan;
kasalliklarni geografik tarqalishiga tabiiy (iqlim, suv, rel`ef) va ijtimoiy-iqtisodiy (aholi zichligi va turmush tarzi, aholi manzilgohlari joylashuvi, xo‘jalik ixtisoslashuvi) omillarning ta’sir darajasi baholanib, ular asosida tibbiy geografik rayonlar ajratilgan;
nozogeografik vaziyatni optimallashtirish asosida Samarqand viloyatining 1:350000 va Navoiy viloyatining 1:600000 masshtabli nozogeografik, tibbiy xizmat ko‘rsatish kartalari yaratilgan;
kasalliklar turlari (brusellyoz, buyrak, o‘t pufagi va oshqozon-ichak kasalliklar uchun) dinamikasi bo‘yicha 2030 yilgacha prognozlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nozogeografik vaziyatning shakllanishida geografik omillar ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand va Navoiy viloyatlarining tibbiy-sanitar sharoitlari, shuningdek, hududlar ekologik vaziyati va aholi salomatligi o‘rtasidagi aloqadorligi va hududiy tafovutlarining sabablari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida foydalanilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 noyabrdagi 03-03/2-4488-son ma’lumotnomasi). Natijada nozogeografik vaziyat o‘zgargan areallarni aniqlash imkonini bergan;
kasalliklar o‘choqlari va nozogeografiyaga doir ma’lumotlar asosida tuzilgan kartalar hamda prognozlar (o‘t qopi, buyrakda tosh hosil bo‘lish kasalliklari bo‘yicha) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 noyabrdagi 03-03/2-4488-son ma’lumotnomasi). Natijada proflaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
viloyatlarda shakllangan epizootologik va epidemiologik vaziyatlarni maqbullashtirishga oid taklif hamda xulosalar Samarqand va Navoiy viloyatlari veterinariya boshqarmalarida amaliyotga joriy etilgan (Samarqand viloyat veterinariya boshqarmasining 2019 yil 9 dekabrdagi 40/2-297-son, Navoiy viloyati veterinariya boshqarmasining 2019 yil 5 dekabrdagi 38-01-06/988-son ma’lumotnomalari). Natijada nozogeografik va veterinar-sanitariya vaziyatlarni aniqroq baholash imkonini bergan;
nozogeografik vaziyatga geografik omillar ta’sirining hududiy xususiyatlari va tafovutlarini aniqlashga doir xulosalar “Tibbiyot geografiyasi va global salomatlik” nomli o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 noyabrdagi 274-032-son guvohnomasi). Natijada geografiya mutaxassisligi magistrlariga tibbiyot geografiyasi, uning tadqiqot metodlari, nozogeografik vaziyatga ta’sir etuvchi omillar haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini bergan.