Zakirova Ruxsona Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antibovasin» dori vositasi texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far37.
Ilmiy rahbar: Aminov Sobirjon Nigmatovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Zarifa Alimdjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Madraximov Shermuxammadi Nurullaevich, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p komponentli tabiiy xomashyolar (mumiyo va propolis) asosida yara bitkazuvchi va yallig‘lanishga qarshi yumshoq dori shakllarini tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor matematik modellash usulidan foydalanib, yara bitkazuvchi va yallig‘lanishga qarshi qo‘llaniladigan «Antibovasin» surtmasining tarkibi tanlangan; 
tabiiy xomashyolar – mumiyo va propolis va boshqa komponentlar asosida surtma va gel dori shakllarining ilmiy asoslangan tarkibi tanlangan va ularni olishning eng maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Antibovasin» surtmasi va gelining reologik, struktura-qovushqoqlik hamda kolloid kimyoviy xossalari aniqlangan, ushbu ko‘rsatkichlar yumshoq dori turlarini ishlab chiqish va saqlashdagi sifatni baholovchi asosiy nazorat ko‘rsatkichlari ekanligi isbotlangan;
tarkibida mumiyo va propolis saqlovchi surtma hamda gelning farmakologik faolligi va bezarar ekanligi aniqlangan;
«Antibovasin» surtmasi va gelining sifat nazorati va standartlash usullari ishlab chiqilgan;
olingan applikatsion dori shakllarining barqarorligini ta’minlovchi sharoitlari va yaroqlilik muddati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Antibovasin» dori vositasi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy tabiiy xomashyolar asosida yara bitkazuvchi ta’sirga ega bo‘lgan farmatsevtik kompozisiyaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05295, 2016 y.). Natijada surtma dori vositasi terining kuyish xastaliklarida qo‘llash imkonini bergan; 
«Antibovasin» surtmasi uchun «O’zkimyofarm» AJ bilan hamkorlikda korxona farmakopeya maqolasining loyihasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan (2019 yil 19 noyabrdagi 29/09-4466-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishida mahalliy xomashyolar asosida yaratilgan yara bitkazuvchi dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Antibovasin» surtma dori vositasi uchun tajriba sanoat reglamenti «O’zkimyofarm» AJ korxonasi bilan xamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR-42 Uz-1924/03873/00481330 - 2019). Mazkur xujjatning tasdiqlanishi natijasida yara bitkazuvchi dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish