Xurramov Alisher Shukurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda bug‘doy va yovvoyi boshoqli o‘simliklar nematodalari», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/V77. 
Ilmiy maslahatchi: Mavlonov Ochil Mavlonovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori; Izzatullaev Zuvaydulla, biologiya fanlari doktori, professor; Kojevnikova Alevtina Grigor`evna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bug‘doy ekini dalalarida fitonematodalar faunistik kompleksining tarkibini aniqlash, ularning o‘simlik organlari va ildiz oldi tuprog‘ida tarqalishi hususiyatlari, bug‘doy o‘simligi bilan trofik munosabatlarini ochib berish hamda yovvoyi boshoqdoshlarning parazit rezervanti sifatidagi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bug‘doy va yovvoyi boshoqli o‘simliklarda 237 tur fitonematodalar aniqlanilib, 7 turi (Aphelenchoides asteromucronatus, A. centralis, A. confusus, A. emiliae, A. graminis, A. sexlineatus, A. spassky) O‘zbekiston o‘simliklarining nematodalar faunasi uchun yangi hisoblanib, 46 turi bug‘doyda ilk bor aniqlangan;
nematodalarning ekologik guruhlari va ularning o‘simliklar bilan trofik aloqasi asoslangan;
o‘simliklarning vegetatsiya davrida nematodalarning dinamik xususiyatlari aniqlangan;
agrotsenozlarda bug‘doy fitonematodalari kompleksini shakllanishida yovvoyi boshoqli o‘simliklarning o‘rni hamda ularning nematoda kasalliklarining tarqalishi va to‘planishidagi ahamiyati ochib berilgan;
bug‘doy angvinasining bug‘doy donlarini zararlashi va ularning o‘simlik o‘sish va rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
bug‘doyning asosiy parazit nematodalariga qarshi kompleks profilaktik va agrotexnik qarshi kurash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda bug‘doy va yovvoyi boshoqli o‘simliklar nematodalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nematodalarning bug‘doy va boshoqli o‘simliklar vegetatsiya davridagi dinamik xususiyatlari va o‘simlikka ta’sir darajasini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar Surxondaryo viloyati Termiz tumanining “Zafar-Surxon”, “Soloxiddin Yangiariq” va “Farovon-Yangiariq” fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 02/021-357-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doy va boshoqli don ekinlarini parvarishlashda agrotexnik talablarga qat’iy rioya etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda bug‘doy hosildorligini 10–14 sentnergacha oshirish imkonini bergan;
bug‘doyning fitogel`mintozlar bilan zararlanish havfini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining 2018 yil 14 dekabrdagi 12/041975-son ma’lumotnomasi). Natijada qarshi kurash chora-tadbirlari olib borilgan xo‘jalik dalalarida bug‘doy hosildorligini gektariga 14 sentnergacha oshirish imkonini bergan;
fitoparazit nematodalarga qarshi ishlab chiqilgan tashkiliy-profiaktik va agrotexnik kurash tadbirlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar “O‘zagrokimyohimoya” AJning Surxondaryo viloyati bo‘limida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2019 yil 30 yanvardagi 04-12/89-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloti Termiz tumanidagi “Zafar-Surxon”, “Soloxiddin Yangiariq” va “Farovon-Yangiariq” fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarida bug‘doy hosilini 95–100% gacha saqlab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish