Raxmonov Rashit Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyatida ovlanadigan hayvon turlari: faunasi, ekologiyasi va barqaror foydalanilishi», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B196
Ilmiy rahbar: Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maksetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori;  Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ovlanadigan turlarning faunistik tarkibini, sonini va ekologik xususiyatlarini aniqlash hamda barqaror foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatida ovlanadigan umurtqali hayvonlar faunasini taksonomik holatini baholash yuzasidan uning 4 ta sinf, 13 ta turkum va 27 ta oilaga mansub 110 turdan tashkil topganligi aniqlangan;
ilk bor ovlanadigan umurtqali hayvon turlarining ovchilik xo‘jaliklari bo‘yicha tarqalishi va son dinamikasi ochib berilgan; 
13 turdagi hayvonlarning tegishli ruxsatnomalar asosida ovchilik xo‘jaliklari hududida ovlanishi, 11 turdagi hayvonlarning noqonuniy ravishda ovchilik xo‘jaliklari va boshqa hududlardan ovlanishi, ulardan 4 turining O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilganligi aniqlangan;
ovlanadigan hayvon turlarining bioekologik xususiyatlari, muhofazalanishi va foydalanilishi aniqlangan;
suv havzalarining ovlanadigan turlarning yashash muhiti sifatidagi o‘rni va cho‘l ekotizimlari bioxilma-xilligini saqlashdagi ahamiyati ochib berilgan;
ovlanadigan turlarga va ularning yashash muhitlariga ta’sir etuvchi antropogen omillar va ularning ta’sir etish darajalari aniqlangan;
sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, ov turizmini va sanoat ovini yo‘lga qo‘yish hamda turlarni iqlimlashtirish hamda ovchilik xo‘jaliklariga ziyon etkazayotgan turlarning sonini boshqarish ovchilik xo‘jaliklarining samaradorligini oshirishda istiqbolli ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro viloyatida ovlanadigan hayvon turlarining faunasi, ekologiyasi va barqaror foydalanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ovlanadigan hayvon turlari va ularning tana qismlari bo‘yicha yig‘ilgan kolleksiya namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 26 apreldagi 4/1255-1268-son ma’lumotnomasi). Natijada kolleksiya fondi respublikamizda ovlanadigan umurtqali hayvon turlari va hayvonlarning elektron ma’lumotlar bazasini boyitish imkonini bergan;
ovlanadigan hayvonlardan oqilona foydalanish, ovchilik xo‘jaliklarining mahsuldorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar sport birlashmasining Buxoro viloyat hududiy bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar sport birlashmasining 2019 yil 26 apreldagi 57-son ma’lumotnomasi). Natijada ov qilish uchun maqbul kvotalar ajratishni belgilash hamda biotexnik tadbirlar va ovlanadigan turlarni muhofaza qilish samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
o‘rmon ov xo‘jaligining ovchilik sohasidagi iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslub hamda sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar inventarizatsiyasi bo‘yicha olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 
2019 yil 7 fevraldagi 03-02/3-641-son ma’lumotnomasi). Natijada hayvonlarning kadastri va hisobini yuritish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish