Li Myong Sukning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo resurslari asosidagi geterokompozit materiallar sifatini ta’minlashning texnologik xususiyatlari», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi; 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T331. 
Ilmiy rahbarlar: Turabdjanov Sadriddin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Ziyamuxamedova Umida Alijonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya  instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev G‘appor Raxmonberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Qurbonov Mirtemir Shodievich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo resurslari asosidagi geterokompozit materiallar sifatini ta’minlashning texnologik xususiyatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren kaolinlariningsamaradorligi yuqori bo‘lgan 0,001–0,1 mkm atrofidagi nanoo‘lchamli zarrachalarini olishning nazariy asoslariva yuguruvchi barabanlar stendida mexanik faollashtirish jarayonidan foydalanib, organomineral kompaundni mexanik faollashtirishning samarali usuli aniqlangan;
gossipol smolasining ikkilamchi mahsulotidan nafaqat plastifikatsiyalovchi, balki organomineral kompozisiyalarga geliotexnologik ishlov berish sharoitida struktura hosil qiluvchi komponent sifatida ham foydalanishning samaradorligi aniqlangan;
ilk bor maqsadli yo‘naltirilgan mexanik faollashtirishni yangi sirt hosil qilish imkonini beruvchi  dispersiyalanish hisobiga emas, balki to‘ldiruvchi sirtini geometrik o‘lchamlarini 10–50 mkm atrofida kichik o‘zgartirish hisobiga amalga oshirish aniqlangan; 
himoya qoplamalarining organomineral kompozitiga aktivatsion geliotexnologiya usulini qo‘llab ishlov berish rejimlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo resurslari asosidagi geterokompozit materiallar sifatini ta’minlashning texnologik xususiyatlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mahalliy xomashyolar asosida geterokompozit olish tarkibi «Farg’onaazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 1 noyabrdagi 24-6773-son ma`lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida geterokompozit olish imkonini bergan;
yaratilgan geterokompozitni olish texnologiyasi «Farg’onaazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 1 noyabrdagi 24-6773-son ma`lumotnomasi). Natijada geterokompozit olish imkonini bergan;
yaratilgan geterokompozit «Farg’onaazot» AJda  texnologik mashina va apparatlarni karroziyadan saqlashda joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 1 noyabrdagi 24-6773-son ma`lumotnomasi). Natijada texnologik mashinalarning  kapital ta’mirsiz ishlash vaqtini 1,5 barobarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish