Sayidov Ulug‘bek Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnologik gazlarni kondisionlash uchun adsorbentlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish», 02.00.08–Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T558.
Ilmiy rahbar: Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob Ikramovich, texnika fanlari doktori, professor; Li Robert Chanirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik gazlarni kondisionlash uchun adsorbentlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
NaA va K,NaA kukundor va donador seolitlari sintezlash uchun Angren kaolinini kimyoviy, mineralogik va fraksion tarkibi asosida adsorbentlar olish usullari yaratilgan;
Shurtan GKM polimerlash jarayoni chiqindisi alyumooksidli adsorbentini fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
maxalliy xomashyolar asosida texnologik gazlarini muqobillashtirish adsorbentlari yaratilgan;
Shurtan GKM polimerlash jarayoni chiqindisi alyumooksidli adsorbenti asosida olingan alyuminiy gidrad oksidini donadorlash, modifikatsiyalash usulllari bilan adsorbnetlar ishlab chiqilgan;
uglevodorod gazlarini quritish uchun boyitilgan Angren kaolini asosida samarali seolit sorbentlari olish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnologik gazlarni muqobillashtirish adsorbentlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan NaA va NaA, K seolit adsorbentlar va Uz-AD-1 alyumooksid adsorbentlar olish texnologiyasi «Buxoro NQIZ»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 9 dekabrdagi 03/17-5/26-524-son ma’lumotnomasi). Natijada maxalliy xomashyolar asosida texnologik gazlarni tozalash adsorbentlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.
yaratilgan alyumooksid adsorbenti Buxoro NQIZ riforming qurilmasi adsorberida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 9 dekabrdagi 03/17-5/26-524-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinayotgan riforming gazlarini tozalash adsorbentini 100% maxalliylashtirish imkonini bergan.