Turaeva Baxora Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Istiqbolli mahalliy mikromiset shtammlarining o‘simliklar rivojlanishiga ta’siri va antifungal xususiyati», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/V11. 
Ilmiy rahbar: Xamidova Xursheda Muminovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01. 
Rasmiy opponentlar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori; Maxsumxanov Axmadjon A’zamxonovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: GK va ISK hosil qiluvchi faol, mahalliy mikromiset shtammlarini skrining qilish, ularning morfologik-kul`tural xususiyatlarini, o‘simliklarning rivojlanishiga ta’sirini aniqlash va ular asosida kompleks ta’sirga ega biopreparat yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laboratoriya kolleksiyasidan gipokotil` biotesti asosida makkajo‘xori va bug‘doyning o‘sishini stimullovchi, yuqori o‘stiruvchan faollikka ega Trichoderma sp.55, Penicillium sp.54, Fusarium sp.12 mahalliy mikromiset shtammlari tanlab olingan va identifikatsiyalangan;
uglerod manbai (melassa) bilan boyitilgan Mandel`s (rN-5,5) ozuqa muhitida T.harzianum-55 va Chapek (rN-6,8) ozuqa muhitida P.canescens-54, F.moniliforme-12 zamburug‘larini 28-30°S haroratda 10 kun davomida o‘stirilganda mikromisetlarning yuqori miqdorda GK, ISK hosil qilishi aniqlangan;
T.harzianum-55 zamburug‘ining kasallangan g‘o‘za o‘simligidan ajratib olingan Fusarium, Alternaria, Verticillium, Aspergillus, Scopulariopsis, Rhizoctonia turkumiga mansub fitopatogen zamburug‘lariga qarshi yuqori antifungal faolligi asoslangan;
ilk bor O‘zbekistonda kultural suyuqligida yuqori miqdorda GK hosil qiluvchi F.moniliforme-12, yuqori miqdorda ISK hosil qiluvchi P.sanescens-54, fitopatogenlarga qarshi antifungal faollikka ega, qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sish va rivojlanishini rag‘batlantiruvchi hamda hosildorligini oshiruvchi T.harzianum-55 zamburug‘ shtammlari asosida yangi kompleks ta’sirga ega «Mikroustirgich» preparati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
T.harzianum UzCF-55, P.sanescens UzCF-54, F.moniliforme UzGC-12 zamburug‘ shtammlarining kul`tural suyuqligidan kompleks ta’sirga ega biopreparat olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sellyuloza fermentlari majmuasi, oqsil, gibberil kislotasi, geteroauksin va V guruhi vitaminlarini sintezlovchi Trichoderma hdrzianum UzCF-55 zamburug‘i shtammi  uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti (IAP 04900, 2014 y.) olingan. Natijada qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiruvchi, turli xil fitopatogen mikroorganizmlardan himoyalovchi preparat tayyorlash imkonini bergan;
A4 va A7 gibberellinlar, fitogormonlarni hosil qiluvchi Fusarium moniiforme UzGC-12 shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti (IAP 05002, 2014 y.) olingan. Natijada yuqori o‘stiruvchan faolikka ega bo‘lgan istiqbolli mahalliy mikromisetlar asosida yangi ekologik toza «Mikroustirgich» biopreparatini yaratish imkonini bergan;
«Mikroustirgich» biopreparati Buxoro viloyati Vobkent tumanida «Kamol Jamol Sherzod» fermer xo‘jaligida 44 gektar g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 02/021-356-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta hosildorligi yuqori bo‘lgan va ertaroq muddatda pishib etilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish