Safarov Ibrohim Valievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biodizel` olish uchun O‘zbekistonning yuqori mahsuldor lipid hosil qiluvchi  mikrosuvo‘tlari va ularda yog‘ biosintezi regulyasiyasi», 03.00.12–Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/V41. 
Ilmiy rahbar: Shakirov Zoir Soatovich, biologiya fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01. 
Rasmiy opponentlar: Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamuratovna, texnika fanlari doktori; Ibodov Komil, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Botanika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning turli hududlari suv na’munalaridan ajratilgan mahalliy mikrosuvo‘tlari shtammlarining lipidlar sintezi potensialini aniqlash va laboratoriya sharoitida mikrosuvo‘tlari yog‘laridan biodizel` olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning turli suv havzalari suv na’munalaridan faol Chlorella,  Scenedesmus,  Ankistrodesmus,  Chlorococcum, Botruococcus, Chlamydomonas, Pediastrum, Coelastrum, Stichococcus, Asterococca avlodiga mansub 164 ta mikrosuvo‘tlari shtammlari ajratib olingan hamda ularning morfologik-kul`tural xususiyatlari aniqlangan;
18S rRNK genlari nukleotidlari ketma-ketligi orqali faol Scenedesmus quadricauda UT4, Scenedesmus armatus UT39 iAnkistrodesmus falcatus UT20 mikrosuvo‘tlarini identifikatsiya qilingan va DNK tahlillari asosida ularning filogenetik daraxti tuzilgan; 
kul`turalarning  yog‘ kislotalari va triglisiridlari IQX Rf  analizi natijalariga ko‘ra taqqoslanganda paxta yog‘i bilan o‘xshash ekanligi va xromatografiya natijasida  umumiy lipidlar tarkibida trigliseridlar  Rf  miqdori ustunlik qilishi asoslangan;
ilk bor spektroxromatagrafiyasiga ko‘ra ularning tarkibida 7–17 tagacha yog‘ kislota komponentlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari geksodekan yoki polmitin kislotasi (16:0)  25.0 % dan 39,43 % gacha, bundan tashqari sezilarli darajada 5,44 % dan 14,12 % gacha  stearin yoki oktadekan (18:0) kislotalari, to‘yinmagan kislotalar oktadesen (18:1) va al`fa-oktadekatrien kislotalarining miqdori 36,64% dan 53,75% gacha bo‘lishi isbotlangan;  
ilk bor Chlorococcum macrostigmatum UT4 mahalliy mikrosuvo‘tlari hujayrasi tarkibidan quruq biomassaga nisbatan 59,7% lipidlar olingan hamda lipidlarni  pereetrifiksiyalash orqali 67,3% biodizel` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mikrosuvo‘tlaridan yuqori miqdorda biomassa va lipidlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
O‘zbekistonning turli suv havzalaridan yig‘ilgan al`gologik toza suvo‘tlari namunalaridan A-7-064 raqamli “Sho‘rlangan va pestisidlar bilan ifloslangan tuproqlarda qishloq xo‘jalik o‘simliklarining hosildorligini oshirish uchun azotni faol o‘zlashtiruvchi va fitogormonlar sintezlovchi sianobakteriyalar asosida biopreparat yaratish” loyihasida suv havzalari va tuproq gidrobiontlari qatorini aniqlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 maydagi  4/1255-1140-son ma’lumotnomasi). Natijada suv havzalarida gidrobiontlari ro‘yxati tuzishda, ularni ekologik xususiyatlarini aniqlashga  oid ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini bergan; 
yuqori darajada biomassa va lipid hosil qiluvchi Chlorococcum macrostigmatum UT4shtammi ochiq va yopiq tizimli o‘stirish havzalarida sanoat asosida ko‘paytirish orqali ho‘l biomassa etishtirishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Muqobil yoqilg‘i va energiya korxonalari assotsiatsiyasining 2018 yil 10 maydagi 494-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur biomassadan 558 kg quruq biomassa hamda uning tarkibidan 259,4 kg lipid hosil qilishni aniqlash imkonini bergan; 
pereeterifikatsiya usuli orqali 5 litir triglisirid ajratib olingan va 20% miqdorda dizel` yoqilgisiga aralashtirilib «Kingchai-KC168F» markali suv ko‘tarish   nasosining ishlash jarayoniga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Muqobil yoqilg‘i va energiya korxonalari assotsiatsiyasining 2018 yil 10 maydagi 494-son ma’lumotnomasi). Natijada dizel` yoqilg‘isiga 20% miqdorida foydalanilganda,  iqtisodiy samaradorligi amaldagi dizel` yoqilg‘isidan 2%gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish