Parmanov Asqar Basimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karbon kislotalarni vinillash reaksiyalari, olingan birikmalarning xossalari va qo‘llanilishi», 02.00.03–Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/K69.
Ilmiy rahbar: Nurmonov Suvonqul Erxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abdulxamid Gofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjan Davlatboevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karbon kislotalarni vinillash reaksiyalarini amalga oshirish hamda olingan birikmalarning xossalari va qo‘llanilishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor glikol, sut, mindal` gidroksi kislotalarini hamda ikki asosli glutar va adipin kislotalarni gomogen sharoitda atsetilen bilan vinillash reaksiyasi rux atsetat, karbon kislotalarning ruxli tuzi bilan birgalikda kam miqdordagi L`yuis kislotalari: ZnCl2, CrCl3, FeCl3, AlCl3 va AlCl3∙6H2O ishtirokida borishi asoslangan;
turli o‘rinbosar tutgan benzoy kislota angidridlari bilan vinilatsetatning kaliy uchlamchi butilat ishtirokida reaksiyasida vinil efirlar hosil bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor tarkibida turli o‘rinbosar tutgan benzoy kislotalarning vinilatsetat bilan reaksiyasi 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin ishtirokida amalga oshirilishi ishlab chiqilgan;
vinilatsetat asosida turli o‘rinbosar tutgan benzoy kislotalarning vinil efirlarini mos ravishdagi kislota angidrididan hamda 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin ishtirokida sintez qilish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Karbon kislotalarni vinillash reaksiyasi hamda vinilatsetatdan vinil efirlar sintezi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
diviniladipinat va vinil-2-gidroksi propianat moddalari Navoiy viloyati Qiziltepa tumani fermer xo‘jaliklari er maydonlarida kuzgi bug‘doy o‘simligi biostimulyatori sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 noyabrdagi 02/025-3934-son ma’lumotnomasi). Natijada ularning qo‘llanilishi bug‘doy o‘simligi hosildorligini o‘rtacha 3,2 s/ga oshirish imkonini bergan;
aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini vinilatsetat va 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin ishtirokida sintez qilish usuli Lodz` politexnika universitetining (Pol`sha) ilmiy tadqiqotlarida qo‘llanilgan (Lodz` politexnika universitetining 2019 yil 28 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada yangi organik birikmalar sintez qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish