Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning (Gossypium ssp) fitoxrom A1 geni RNK interferensiyasining genetik-hujayraviy asoslari va gen-nokaut «Porloq» navlarining fiziologik, biokimyoviy tadqiq qilish», 03.00.14–Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/B82.
Ilmiy maslahatchi: Abduraxmonov Ibroxim Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O‘zbekiston Milliy Universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Kadirova Dil`bar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Muxammedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za (Gossypium ssp) fitoxrom A1 geni RNK interferensiyasining gen-hujayraviy xususiyatlarini hamda “Porloq” gen-nokautli navlarining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlarini, ya’ni kislorodning faol shakllarining miqdorini, asosiy antioksidant fermentlarining faolligini, yog‘ kislotalar va uglevodlar tarkibini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zaning Porloq-1 va Porloq-2 navlarida fitoxrom A1 genini ekspressiyasi pasaygan vaqtda fitoxrom V genining overekspressiyasi aniqlangan;
g‘o‘zaning Porloq-1 va  Porloq-2 navlarida tola sifati va abiotik stresslarga chidamliligini belgilab beruvchi genlarning differensial ekspressiyasi aniqlangan;
“Porloq” gen-nokautnavlarida boshlang‘ich shakllariga nisbatan nitratreduktazali faollikning yuqori darajasi aniqlangan; 
ilk bor fotosistemalar orasidagi oqimlarni almashtirishning ko‘proq beqararligi va fotosistema II ning yuqori haroratga nisbatan barqarorligi “Porloq” gen-nokaut navlarida aniqlangan;
g‘o‘zaning RNAi navlarida nazorat o‘simliklarga nisbatan kvant chiqishining parametrini statistik jihatdan ancha yuqori qiymatlari va shunga mos ravishda fotosintez apparati ishining yuqori samaradorligi kuzatilgan;
g‘o‘zaning “Porloq” gen-nokaut navlarida boshlang‘ich va onalik  shakllariga nisbatan Kal`vin-RuBPC va RERS siklining fermentlarini sezilarli darajada faolligi aniqlangan;
g‘o‘zaning gen-nokaut navlari barg to‘qimalarida boshlang‘ich va onalik  navlariga nisbatan kislorodning faol turlaridan biri - H2O2 va lipidlarning peroksidatsiyasining yakuniy mahsuloti – malon dial`degidining quyi darajalari aniqlangan;
barcha antioksidant fermentlarning (SOD, CAT, POD, APX va GR) faolligi turli genotiplar orasida sezilarli darajada farq qilganligi va genotipda vektor tuzilishi mavjudligi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
gen-nokaut navlarining yog‘ kislotasi tarkibida nazorat Koker-312 genotipiga nisbatan to‘yinmagan YoKning (UFA)  ulushi kattaligi  va to‘yingan YoKning (SFA) ulushi kam ekanligi aniqlangan;
gen-nokaut va nazorat g‘o‘za navlarida erkin prolin to‘planishini tahlil qilish, ushbu parametrning vektor konstruksiyasi mavjudligiga va navlarning abiotik stresslarga chidamliligi bilan korrelyasiya mavjudligiga bog‘liqligini ko‘rsatilgan;
ilk bor Porloq-1 va Porloq-2 gen-nokaut navlarida eruvchan qandlar va saxaroza yuqori miqdorda ekanligi aniqlandi, tegishli ravishda saxaroza/kraxmal nisbatining qiymati Koker-312 nazorat liniyasiga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  G‘o‘zaning fitoxrom A1 geni (Gossypium ssp) RNK interferensiyasi gen-hujayra xususiyatlarining ilmiy natijalari, shuningdek, “Porloq” gen-nokaut navlarining fiziologik-biokimyoviy parametrlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rta tolali g‘o‘zaning Porloq-1 naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligininng seleksiya yutug‘iga patenti olingan (№NAP 00146). Natijada Porloq-1 g‘o‘za navidan yuqori sifatli paxta tolasi olish imkonini bergan;
o‘rta tolali g‘o‘zaning Porloq-2 naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligininng seleksiya yutug‘iga patenti olingan(№NAP 00147). Natijada Porloq-2 g‘o‘za navining yuqori xosilliligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi hisobiga yuqori sifatli paxta hosilini olish imkonini bergan;
Porloq-1 va Porloq-2 g‘o‘za navlari Respublika viloyatlarida fermer xo‘jaliklariga jumladan, Porloq-1 navi 2013-2019 yillar mobaynida 133 ming 491.3 gektar, Porloq-2 navi esa (2013-2019 yy.) 54 ming 477.8 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 31 oktyabrdagi T-9/02-1087-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi navlardan gektaridan o‘rtacha 40 sentner hosildorlikka erishish va mikroneyri 4,2, tola pishiqligi (Str) 37,9 gkuch/teks, tola uzunligi (UHM) 1,27 dyuym bo‘lgan yuqori sifatli tola olish imkonini bergan;
G‘o‘zaning funksional genomikasi uchun RNK interferensiyasi bo‘yicha olingan natijalaridan 4 ta xorijiy impakt faktori yuqori jurnallarda - g‘o‘zaning tola uzunligi belgisini nazorat qiluvchi genlarni  aniqlashda, fitoxrom genlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqlashda foydalanilgan (PLoSONE, oct 2017/ https://doi.org/10.1371/journal.pone.0186240 Research Gate IF-2,76; Genet.mol.Res. 2016, Dec. Research Gate IF -0,75; AJPS Jan 2017, IF -5,46; BMC Genetics, oct 2016, IF 3,73).  Natijada yangi gen-nokaut texnologiyasini qo‘llash uslublarini mukammalashtirish va yangi uzun tolali g‘o‘za navlarini yaratish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish