Sattorov Laziz Xolmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Osmonsoy koni bazal`ti asosidagi fil`trlar», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1276.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Abdiraxim Axmedovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonovich texnika fanlari doktori; Adinaev Xidir Abdullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bazal`tli fil`trlarni tayyorlashni tadqiq qilish, ularning xossalari va texnologik ko‘rsatgichlarini aniqlash va turli profildagi fil`trlar tayyorlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bazal`tlarni qayta ishlash texnologiyasining hozirgi ahvoli va texnologik imkoniyatlari orqali, fil`trlovchi materiallarni tayyorlashning arzon va samarali usullarini ishlab chiqish mumkinligi aniqlangan;
«Osmonsoy» bazal`tlarining kimyoviy, fizikaviy, mexanikaviy va mineralogik xossalari va tarkibiy ko‘rsatgichlari bazal`t xom-ashyosini qayta ishlashda va fil`trlar tayyorlashda asosiy xossalari ekanligi isbotlangan;
bazal`tli fil`trlovchi material orqali suspenziyani fil`trlash jarayonida kristall tolalardan fil`tr sifatida foydalanishni isbotlovchi deformatsiya, cho‘zilish va siqilish, mustahkamlik chegarasi kabi parametrlari texnologik fil`trlash jarayonini optimallashtirishda asosiy faktorlari aniqlangan;
gaz yoki suyuqliklar suspenziyasini fazalarga ajratish jarayonida bazal`t kristall tolalaridan tayyorlanadigan fil`trlarni suyuqliklarni qattiq zarrachalardan, gazlarni changlardan tozalashda, issiqbardoshligi, ishqoriy va kislota bardoshliligi ko‘rsatgichlari aniqlangan;
bazal`t tolalaridan suspenziya va gazlarni fil`tlash jarayonida qo‘llaniladigan turli profildagi fil`trlar tayyorlashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo asosida bazal`t tolali fil`trlovchi materiallar olish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bazal`tli izolyator tayyorlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (№IAP 05539, 2018 y.). Natijada uzum bo‘tqasini fil`trlash uchun temir oksidlaridan tozalangan bazal`t tolali materiallar olish imkonini bergan;
Osmonsoy koni bazal`ti asosidagi fil`trlarini ishlab chiqish «Qashkadaryo texnologik transport» AJning «2020-2021 yillarida amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zburg‘uneftgaz» AJning 2018 yil 12 noyabrdagi 08/60-1092 son ma’lumotnomasi). Natijada texnik suvlarni mexanik usulda bazal`tli fil`trlovchi materiallar orqali tozalash imkonini beradi.