G‘ulomov Shuxratqodir Tashmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mineral xomashyolar asosida tabiiy gazlarni merkaptanlardan tozalashda qo‘llaniladigan samarador katalizator olish texnologiyasi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T32. 
Ilmiy rahbar: Turobjonov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Toyir Zoyirovich, texnika fanlari doktori; Saydaxmedov Igamberdi Muxtarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mineral xomashyolar asosida uglevodorodlarni merkaptanlardan tozalashda qo‘llaniladigan samarador katalizator olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fe-Ni-Mo va Fe-So-Mo tarkibli faol yuzaga va nano tizimga ega bo‘lgan  barqaror promotorlarga ega MoS2 oltingugurtli uglevodorodlarni yuqori darajali sulfidlovchi merkaptansizlantirish va gidrirlash katalizatori yaratilgan;
Fe3+ ioni bilan tashuvchilarni birlamchi modifikatsiya qilinganda katalizatorlar yuzasida promotorlar qarshiligiga uchrab hosil bo‘lgan istalmagan (SO) birikmalarni yig‘ilib, zichlashmasligi (oraliq to‘yinmagan uglevodorodlar oligomerizatsiyasi va merkaptanlarning malekulalar aro ta’sirlashuvi), katalizator kislotali xususiyatlari yo‘qolmasligi aniqlangan;
katalizator sintez qilish jarayonida negiz temir nitrati bilan modifikatsiyalab, so‘ngra ammoniy molibdatni suvli aralashmasi shimdirilib quritilganda  temir molibdat xosil bo‘lmasligi isbotlangan; 
yakunlovchi shimdirish jarayonida nikel nitrati yoki kobal`t nitratini limon kislatasi orqali eritib shimdirish [Me (HCit)(Cit)(H2O)4]3- va [Me (Cit)2(H2O (H2O)4]4- komlekslari hosil bo‘lishi, qisman nanostrukturali sitrat ligandlari o‘rnini bosuvchi faol komponentlar hosil bo‘lishi isbotlangan; 
mineral xomashyolar asosida tabiiy gazlarni merkaptanlardan tozalashda qo‘llaniladigan samarador katalizator olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mineral xomashyolar asosida uglevodorodlarni merkaptanlardan tozalashda qo‘llaniladigan samarador katalizator olish texnologiyasini ishlab chiqish asosida:
neftning moyli fraksiyalarini gidrotozalash jarayoni uchun katalizator tarkibi va olish texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№ IAP 05423, 2017 y.). Natijada neft` fraksiyalarini gidrotozalash katalizatorlarini mahalliy xomashyolar asosida olish imkonini bergan;
tabiiy gazlarni merkaptanlardan tozalash katalizatorini olish texnologiyasi “Maxam Chirchiq” AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 11 dekabrdagi 24-7638-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan katalizatorni 50% import qilinayotgan katalizatorlar o‘rniga mahalliy katalizator ishlab chiqarish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida olingan tabiiy gazlarni merkaptanlardan tozalash katalizatori “Maxam Chirchiq” AJning ammiak-2 sexida metanni konversiya qilish qurilmasida amaliyotga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 11 dekabrdagi 24-7638-son ma’lumotnomasi). Natijada metanni konversiya qilish jarayonini tezlashtirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida olingan tabiiy gazlarni merkaptanlardan tozalash katalizatori Muborak magistral` gaz quvurlari kompressor stansiyasiga amaliyotga joriy qilindi. («O‘ztransgaz»ning 2019 yil 12 dekabrdagi 01-28/2-1-son ma’lumotnomasi).  Natijada olingan katalizatorni import qilinayotgan katalizatorlar o‘rniga mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish